Rossiya prezidenti Vladimir Putin Crocus City Hall’dagi teraktdan so‘ng rossiyaliklarga murojaat qildi.
U voqeani “varvarlarcha sodir etilgan terakt” deb atadi hamda qurbonlar va ularning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, ko‘plab tinch, begunoh odamlar qurbon bo‘lganini keltirib o‘tdi.
Putin murojaatida shifokor, qutqaruvchi va odamlar hayotini saqlab qolish uchun barcha ishni qilayotgan o‘t o‘chiruvchilarga o‘z minnatdorligini bildirdi. Rossiya prezidenti, shuningdek, 24-martni milliy motam kuni deb e’lon qildi. Teraktdan keyin 11 kishi hibsga olingan, deya ta’kidladi u.
“Teraktning to‘rtala bevosita ijrochilari – odamlarni otganlar, o‘ldirganlar topilib, qo‘lga olindi. Ular yashirinishga urindi va Ukraina tomonga harakatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular uchun Ukraina tomoni davlat chegarasidan o‘tish uchun darcha hozirlab qo‘ygan”, – dedi Vladimir Putin.
Izoh (0)