Toshkent shahar Uchtepa tumanida ota o‘z farzandini boshqa bola bilan urishtirib, uni kaltaklagani aytilmoqda. Tuman hokimligi holatga izoh berdi.
Unga ko‘ra, ushbu holat 21-mart kuni Uchtepa tumani “G9 A 21” uyda sodir bo‘lgani aytilmoqda. Mazkur holat bo‘yicha tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tezkor surishtiruv ishlari boshlanib, ushbu holatni tuman hokimi shaxsan nazoratiga olgan.
“Surishtiruv jarayoni yakuni bilan biz bu borada qo‘shimcha maʼlumot beramiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Izoh (0)