Andijon viloyati Asaka tumanida kreditini to‘lamagan fuqaroning Equinox avtomobili auksionga chiqarildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi ish yurituviga sudning ijro hujjati kelib tushgan. Unda “Smartbank” foydasiga qarzdor fuqarodan 497 million 915 ming 420 so‘m undirish hamda undiruvni kredit taʼminoti sifatida garovga qo‘yilgan Equinox avtotransport vositasiga qaratish ko‘rsatilgan.
Qarzdorlik qoplanmagani sabab bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, avtomashina xatlab qo‘yildi. Hozirda avtomashina 402 million 548 ming 440 so‘m boshlang‘ich narx bilan elektron auksion savdosiga chiqarilgan.
Izoh (0)