Toshkent viloyatida 7 yoshli qizcha o‘z ammasi tomonidan urib o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan yangi tafsilotlar eʼlon qilindi.
Ayol yon qo‘shnisiga kichik jiyanini o‘zi emas, balki o‘zining to‘ng‘ich qizi kaltaklaganini va shu sabab u zudlik bilan shifoxonaga jo‘nab ketayotganini aytgan.
“Telefon qilib yig‘ladi. Kecha qaynanamni tabriklagani ketganimda Nozima Charosni urgan ekan, hozir hushidan ketib, jonlantirish bo‘limida yotibdi, dedi. O‘zi urgan ekan. Endi uni bilmasam”, — deydi qo‘shni ayol.
Ayblanuvchining eri ham 3 oydan beri o‘zga yurtda ishlayotgani bois yaqinlaridan bu xabarni eshitgan zahoti ortga qaytgan.
“Ayolimning achchig‘i chiqqan paytda miyasi uvushadi. Bu payt hech narsani bilmaydi”, — deydi eri.
Qizaloq tuman markaziy shifoxonasiga kaltaklangan kunning ertasiga butun tanasi momataloq ahvolda o‘z ammasi tomonidan olib kelingan.
Ayni paytda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)