Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanida o‘tkazilayotgan saylda gaz ballon portlashi oqibatida 37 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 18-mart kuni yuz bergan. Gaz ballon portlashi oqibatda 37 kishi yong‘in tufayli turli darajada jarohat olib, shifoxonaga olib kelingan hamda 7 nafari statsionar tartibda shifoxonaga yotqizilgan.
17 nafarining ahvoli qoniqarli bo‘lganligi bois ambulator ko‘rikdan o‘tkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 13 nafarida tan jarohatlari aniqlanmagani sababli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uyiga qaytarilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)