Daryo

O‘zbekiston iqlimi va yo‘l sharoitlariga moslashtirilmagan elektromobillar importi cheklanishi mumkin

Hukumatga elektromobil va gibrid avtomobillar importini tartibga solish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi

1 daqiqa o‘qish21 420 ko‘rishlar0 izoh0

BYD Uzbekistan Factory kompaniyasi elektromobillarning mahalliy iqlim va yo‘l sharoitlariga moslashtirilmagani hamda rasmiy kafolatga ega bo‘lmagani vaji bilan tartibsiz importni cheklash bo‘yicha hukumatga murojaat bilan chiqdi.

Foto: BYD

Bu haqda prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida”gi qarorida qayd etilgan.

Shu munosabat bilan Iqtisodiyot va moliya, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari hamda “O‘zavtosanoat” kompaniyasiga 2024-yil 1-iyulga qadar Vazirlar Mahkamasiga BYD brendi ostidagi elektromobil va gibrid avtomobillari importini tartibga solish bo‘yicha takliflar kiritish topshirilgan.

Bunda mas’ullar amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari hamda Jahon savdo tashkiloti prinsiplaridan kelib chiqib takliflarni tayyorlashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 29-dekabrda “O‘zavtosanoat” AJ va BYD Europe B.V. (Niderlandiya qirolligi) kompaniyasi  ishtirokida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida BYD Uzbekistan Factory qo‘shma korxonasi ta’sis etilgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar