O‘zbekistonda 2023-yilda hokim yordamchilari ko‘magida 241 ming nafar fuqaroga ijara asosida yer ajratilgani maʼlum bo‘ldi.
Xabar berilishicha, 1,6 million nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olindi. Hokim yordamchilarining tavsiyanomalari asosida 472 mingta loyihaga 10 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi.
Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 54 mingta mahallabay mikroloyihadan 51 mingtasi ishga tushirilib, natijada 206 mingta ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan 1,1 milliondan ortiq kambag‘al oilaga individual dasturlar ishlab chiqilib, qisqa davrda bu oilalarning 95 ming nafar ishsiz aʼzolari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 36 ming nafariga imtiyozli kredit va 8 ming nafariga subsidiyalar ajratildi.
Izoh (0)