Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi somsaxona havoni ifloslantirgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Aytilishicha, mazkur holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida ushbu holat Chilonzor tumani 3-mavze, 53-sonli aholi yashash xonadonlari oldida yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi.
Huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroga nisbatan Chilonzor tumani ekologiya bo‘limi davlat inspektori tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 95-moddasiga asosan tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi va atroflicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Izoh (0)