Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik fuqaro vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Sankt-Peterburgdagi “Baltiyskiy bereg”, “Severniy potok”, Nijniy Novgoroddagi “Agrokompleks Vetluga”, Ufadagi “BioTexTuguzli” korxonalarida ishlayotgan o‘zbekistonliklar va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Yekaterinburg shahrida ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan O‘zbekiston fuqarosining hujjati qaytarildi. Permda ishlayotgan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, Nijnevartovskda qiyin ahvolda qolgan fuqaro Nijnevartovsk—Namangan aviareysi orqali vatanga qaytarildi.
Izoh (0)