Qishloq xo‘jaligi vazirligi ekinlarni sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Bu haqdagi maʼlumot vazirlik matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.
Mamlakatga sovuq havo oqimlari kirib kelishi va shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilayotgan ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asrash uchun vazirlik quyidagi maslahat va tavsiyalarni bergan:
- O‘rab qo‘yish: Iloji bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklarni sovuq urishi va qordan himoya qilish uchun maxsus materiallar (mato, plyonka, kraft-qog‘oz, spanbond) bilan yopish tavsiya etiladi. Bu gullaydigan kurtaklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan saqlab qolishga yordam beradi;
- Ozuqa moddalari bilan sug‘orish: Sovuq havo massasi kirib kelishidan oldin daraxtlar yetarli darajada namlik va ozuqa olgan bo‘lishiga ishonch hosil qilish. Odatda suvga va foydali moddalarga to‘yingan daraxtlar past haroratlarga ko‘proq chidamliroq;
- Mulchalash: Ekinlar ildiz zonasini maxsus ozuqa moddalar bilan qoplash tuproqdagi issiqlik va namlikni saqlab qolishga yordam beradi, bu esa ildizlarni sovuqdan himoya qiladi;
- Shikastlangan shoxlarni kesib tashlash: Qor og‘irligi ostida baʼzi shoxlarni sinishi yoki sovuq urishi xavfini kamaytirish uchun qurib qolgan yoki shikastlangan novdalarni kesib tashlash mumkin. So‘ng, kesilgan joyni mis sulfatning suvli eritmasi (1 litr suv uchun 1 choy qoshiq modda) bilan ishlov berish mumkin;
- Shamoldan himoya qilish: Imkoniyat bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklar atrofida vaqtinchalik shamol to‘siqlarini yaratish. Bu to‘siqlar ekinlarni yelvizaklardan asrashga yordam beradi.
Izoh (0)