FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi O‘zbekiston hududida kuzatilgan zilzilalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Mahalliy vaqt bilan 14-mart soat 09:49 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Episentr: Farg‘ona viloyati Quva tumani. Zilzila koordinatalari: 40,55 gradus shimoliy kenglik; 72,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3,3. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 262 kilometr janubiy-sharqda.
Respublika hududia sezilish kuchi:
- Marhamat tumanida 2-3 ball,
- Asaka tumanida 2 ball,
- Quva tumanida 2 ball,
- Shahrixon tumanida 2 ball.
1-mart kuni Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 3,5 magnitudali zilzila kuzatilgandi. Undan oldin esa Xitoy—Qirg‘iziston chegarasida 22-yanvar va 30-yanvar kunlari sodir bo‘lgan zilzila kuchi ham O‘zbekistonda sezilgandi.
Izoh (0)