• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turar joyi nochor ahvoldagi oilalarga o‘z hovlisida uy qurish va taʼmirlashga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti ajratiladi

    Shavkat Mirziyoyev 12-mart kuni joriy yilda uy-joylar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida barcha hududlarda yangi uy-joylar barpo etilmoqda. Shu bilan birga, odamlarning xarid imkoniyatini kengaytirish uchun to‘rt yil oldin ipoteka tizimining bozor tamoyillariga asoslangan yangi tartibi joriy qilindi. Unga muvofiq, o‘tgan davrda barcha manbalardan 100 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bularning hisobiga hududlarda 6 mingta ko‘p qavatli uy barpo etilib, 250 ming oila yangi boshpanali bo‘ldi. Daromadi yuqori bo‘lmagan 45 mingta oilaga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovi uchun 2,4 trillion so‘mlik subsidiyalar berildi.

    Jumladan, o‘tgan yili mamlakatimiz bo‘yicha 85 mingta yoki 2022-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p xonadon qurildi. Aholiga 17 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Aholi sonining o‘sishini inobatga olib, bunday ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, joriy yilgi dastur doirasida 100 mingta uy-joy qurish rejalashtirilgan.

    Yig‘ilishda shu boradagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

    Avvalo yangi uylarning sotuv narxi va sifatiga eʼtibor qaratilib, nomutanosibliklar ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga qurilish tannarxini pasaytirish va uylar sifatini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu maqsadda, taklifni ko‘paytirish uchun ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga qo‘shimcha yerlar auksionga chiqarilishi belgilandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari bu sohada aholi va quruvchilar uchun qator yangi imkoniyatlar berilishini maʼlum qildi.

    Bu yil ipotekani moliyalashtirish uchun barcha manbalardan 22,5 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Jumladan, ipoteka kreditlari uchun qariyb 10 trillion so‘m, daromadi yuqori bo‘lmagan 20 ming oilaga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovini qoplash uchun 2,3 trillion so‘m beriladi.

    Pudrat tashkilotlarining aylanma mablag‘ini ko‘paytirish uchun 500 milliard so‘m resurs yo‘naltiriladi. Bunda yillik 16 foiz stavkada 12 oylik imtiyozli davr bilan 18 oyga imtiyozli kreditlar ajratiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu maqsadlarga banklar ham o‘z mablag‘larini kiritadi.

    Qurilish ishlari hamda aholining uy-joy sotib olishi uchun ham qo‘shimcha yengilliklar yaratiladi. Xususan, endi 5 qavatli uylarni barpo etishga kamida “qoniqarli” va 9 qavatli uylarga “o‘rta qoniqarli” reytingiga ega bo‘lgan pudratchilar jalb qilinadi. Bu – qo‘shimcha 2 mingga yaqin pudratchiga yo‘l ochib beradi.

    Turar joylar qurilishida “yashil” standart joriy qilinadi. U asosida bunyod etiladigan uy uchun pudratchilarga kreditlar bir foiz past, yaʼni yillik 15 foiz stavkada beriladi.

    Pudratchilarga kreditlar bo‘yicha kafillik berish va foiz xarajatini qisman qoplashga Tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Uy qurilishi uchun maxsus texnikalar importi bo‘yicha berilgan bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan buyon ipoteka kreditlari bo‘yicha garovga olinadigan uyni sug‘urtalash talabi bekor qilinadi.

    Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kirgan va turar joyi nochor ahvoldagi oilalarga, “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida, o‘z hovlisida uy qurish va taʼmirlashga 120 million so‘mgacha ipoteka krediti ajratish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda kreditning 15 foizi va dastlabki besh yilda foiz stavkasining 6 foizgacha bandi byudjetdan qoplab beriladi.

    Aholiga bu borada ko‘maklashishda Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi muhim o‘rin tutadi. O‘tgan uch yilda uning kredit portfeli 3 trillion so‘mdan oshdi. Ushbu kompaniya ustav kapitalini 100 million dollarga yetkazish, xorijiy mablag‘lar jalb etishni kengaytirish vazifasi belgilandi.

    Yig‘ilishda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bugungi kunda hududlarda 38 ta massiv qurilishi boshlangan. Joriy yilda yana 17 ta massiv bunyod etish ko‘zda tutilgan.

    Lekin ayrim joylarda kechikish holatlari bor. Masalan, Surxondaryo, Andijon, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida qurilish ishlari ortda qolmoqda.

    Shu bois har bir massiv kesimida manzilli ro‘yxatni tasdiqlab, bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Davlatimiz rahbari bunda asosiy talablar – sifat, muddat va tannarx ekanini taʼkidladi.

    Ayrim noinsof quruvchilar xaridorlar ishonchini suiisteʼmol qilayotgani qayd etilar ekan, ulushdorlik asosida uy-joy barpo etishda aholini himoya qilish tizimini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek, yer auksionida qatnashadigan qurilish va pudrat tashkilotlarining moliyaviy salohiyatiga minimal talablar joriy qilinishi belgilandi.

    Baʼzi hududlardagi eski uylar renovatsiya asosida yangilanib, odamlarga zamonaviy sharoitlar yaratilishi qayd etildi.

    Bosh vazir o‘rinbosari va viloyat hokimlari qurilish ishlarini tashkil qilish rejalari yuzasidan axborot berdi.

    12.03.2024, 20:13   Izoh (1)   97683
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. anduqodirrahmonberdiyev@gmail.com / 07.09.2024, 16:08

      Asalomaleykom uy tamirlash va uy ichga hona qurish uchun 120 milon somgacha kirdit berilvotimi .i qanqa shartlari shu haqda toliq malumoti qatan osa boladi

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yil boshidan beri ikkilamchi uy-joy bozori 1,6 foizga o‘sdi

    20.02.2024, 19:42

    Toshkentda renovatsiya dasturi loyihasi uy-joy mulkdorlari roziligiga asoslanishi shart — “Milliy tiklanish”

    28.02.2024, 15:57

    O‘zbekistonda sud qarorisiz uy-joydan mahrum etish mumkin emasligi kodeksda ham belgilanadi

    05.03.2024, 14:43

    Pensionerlar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday soliq imtiyozlari bor?  

    12.03.2024, 20:05

    O‘zbekistonlik talabalar xalqaro matematika olimpiadasida 57 ta medalni qo‘lga kiritdi 

    12.03.2024, 19:50

    Uzum Tezkor bilan iftorlik va saharlik 

    12.03.2024, 19:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.