• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mahalliy boshqaruvdagi byurokratiya: hokimlarni kim tiyib turishi kerak?

    “Qayerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron bo‘lsa, hokimlar esa qonunga qul bo‘lsa, o‘sha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni o‘rnatib qo‘yadigan bo‘lsa, u holda qonun hech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi”. Ushbu so‘zlar buyuk yunon olimi Aflotunning “Qonunlar” asaridan bir iqtibos edi.

    “Daryo” O‘zbekistondagi mahalliy hokimlik boshqaruvining asosiy vazifalari va majburiyatlari, tizimdagi muammolar haqida siyosatshunoslar Oybek Sirojov va Farhod Karimovlar bilan suhbatlashdi.

    – Bugungi kunda mahalliy hokimlik boshqaruv tizimida qanday muammo va kamchiliklar mavjud?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Boshqaruv juda murakkab masala. Samarali boshqaruv ko‘plab muammolarni bartaraf etishga xizmat qilsa, noeffektiv boshqaruv esa yana yangi muammolarni yuzaga keltiradi. Bizda markaziy boshqaruv tizimi bilan bir qatorda mahalliy boshqaruv tizimi mavjud. Xalqning ko‘proq eʼtiroz va shikoyatlari bevosita mahalliy boshqaruv bilan bog‘liq. Buning o‘ziga yarasha obyektiv va subyektiv omillari bor. Mahalliy hokimiyat asosan hududlarda bartaraf qilinishi kerak bo‘lgan kundalik muammolar. O‘zbekiston misolida mahalliy boshqaruv hokimiyatida jiddiy muammolar mavjud. Masalan, hokimlar misolida korrupsiya bilan bog‘liq masalani hali ham bartaraf eta olmadik. Meni nazarimda, bugungi islohotlar bilan mahalliy hokimiyatning saʼy-harakati kutilgan natija bermayapti.

    Farhod Karimov, siyosatshunos:

    – Nega aholi o‘rtasida mahalliy boshqaruv organlariga nisbatan norozilik kayfiyati mavjud? Masalan, mahalliy hokimiyat binolariga borsangiz kechasi ham ishlayotgan bo‘ladi. Men bu savolga falsafiy javob izlashga harakat qildim. O‘zbekiston demokratik davlat hisoblanadi. Demokratiyadan xalq nimani kutadi? G‘arb jamiyatlarida qachonki erkinlik birinchi o‘ringa chiqsa, ana o‘shanda aholi haqiqiy demokratiya bo‘ldi deb hisoblaydi va mahalliy hokimiyatdan rozi bo‘ladi. Sharq xalqlari esa jamiyatda tenglik bo‘lishini talab qiladi. G‘arb bilan Sharqning demokratiyaga bo‘lgan qarashlarida bir qancha farqlar bor. Bu barcha Sharq mamlakatlarida shunday. Yaʼni Sharq xalqlari jamiyatda tenglik bo‘lsa, boshqaruv hokimiyati yaxshi ishlamoqda, degan xulosaga keladi. Biz asosan mahalliy boshqaruv tizimini G‘arbdan olganmiz. Lekin bizni xalq hokimiyatdan boshqacha kutuvlarni qiladi. Men masalaning falsafiy negizda shu muammoni ko‘rdim.

    Farhod Karimov, siyosatshunos
    Foto: “Daryo”
    Rahbar qachon qo‘rqishni boshlasa, yaxshi ishlashni boshlaydi. Albatta, bu yerda kimdan qo‘rqishiga ko‘p narsa bog‘liq. Xudodan qo‘rqadigan rahbar xudodan qo‘rqib bir ish qiladi. Qonun va xalqdan qo‘rqadigan rahbar xalq oldida hisobdor bo‘ladi. Agar rahbar o‘zidan yuqorida turuvchi rahbardan qo‘rqsa, u yuqoridagi rahbarga yoqish uchun ishlashni boshlaydi. Bu falsafa ming yillardan beri bor. Xo‘sh, bizdagi mahalliy boshqaruv hokimiyatidagi rahbarlar kimdan qo‘rqadi? — deydi Farhod Karimov.

    G‘arbda shunday bir gap bor: “Xudodan qo‘rqmaydigan ruhoniyning bo‘lishi eng yomon narsa”. Xudodan qo‘rqmaydigan ruhoniy dindan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishni boshlaydi. Yevropada o‘rta asrlarda dinning siyosiylashib ketishining bosh sababi ham shunda edi. Boshqaruvda ham xuddi shunday. Xalqidan qo‘rqmaydigan rahbardan dahshatli inson yo‘q bu dunyoda. Yaʼni hokimlarni oldidagi birinchi qo‘rquv xalqdan bo‘lishi kerak.

    Bizdagi eng katta muammo – rahbar xalq oldidagi hisobdorlik masalasida xatolikka yo‘l qo‘ysa, xalq rahbarning bu xatosini ko‘rmaydi. Bizda tuman hokimlarni xalq oldidagi hisobdorligini ko‘rmaysiz. O‘zbekistonda 211 tuman va shahar bo‘lsa, shundan atigi 15 ta hokimning shaffofligi va xalq oldida hisobdorligini ko‘rish mumkin. Meni o‘zim Toshkent shahridagi 3 ta tumanda yashadim. Shu 3 ta tumanda hokim biron marta xalq bilan muloqot tashkil qilganini ko‘rmadim.

    Agar biror yerda qurilish ketayotgan bo‘lsa va hokimlar xalqqa to‘g‘ri tushuncha bermasa, xalq buni noto‘g‘ri qabul qilishi mumkin. Agar xalqqa tushuntirilsa, oddiy odamlar bu ishlarni tushunishga harakat qiladi.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Sharqda har doim hokimiyatga intilish G‘arbga qaraganda kuchliroq bo‘lgan. Chunki Sharq odamiga hokimiyat juda ko‘p narsa beradi. Sharqda jamoaviylik nuqtayi nazaridan hokimiyat nafaqat bir insonga, balki uning atrofidagi qolgan insonlarga ham imkoniyat beradi. Sharqda insonni yaxshi hayot kechirishini taʼminlovchi narsa oldin ham, hozir ham – bu hokimiyat. G‘arbda esa individualizm va hokimiyatga erishmasdan ham yaxshi hayot kechirish imkoniyatlarining yaratilganligi, hokimiyatga bo‘lgan intilishlarni maʼlum maʼnoda cheklaydi. Yaʼni barcha hokimiyatga harakat qilmaydi. Agar hokimiyatga barcha intilsa, bu maʼlum muammolarni keltirib chiqaradi.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos
    Foto: “Daryo”

    Siyosatda manfaatdorlik masalasi ustuvorlik kasb etadi. Hozir tuman hokimlari viloyat hokimining buyruq va topshiriqlarini sharafli tarzda bajarsa, viloyat hokimiga yoqsa, bo‘ldi. Chunki tuman hokimining kelajakdagi faoliyatini viloyat hokimi hal qiladi. Shunday bo‘lganidan keyin tuman hokimlari xalqqa hisobdor bo‘lmaydi. To‘g‘ri, atrofdagilarning taʼsiri bilan biror ish qilishi mumkin. Lekin konstruktiv masalalarda o‘zi mustaqil shug‘ullana olmaydi.

    Yana bir muhim masala – bu tashabbuskorlik. Misol uchun, rahbar bir tashabbusni ilgari sursa, lekin bu tashabbus o‘zini oqlamasa unga javobgar bo‘ladi. Lekin tashabbus yuqoridan ilgari surilayotgan bo‘lsa, u uchun javobgar bo‘lmaydi.

    – Birinchi maʼmuriyat davri (1991-2016)da mahalliy hokimlik boshqaruvida boshqacha siyosat yuritilgan edi. Hozir undan tubdan farq qiladigan siyosat yuritilmoqda. Shu ikki boshqaruv siyosatini bir-biri bilan solishtirsak, qaysi biri qulayroq va foydaliroq?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Birinchi maʼmuriyat davrida mahalliy boshqaruv hokimlik va boshqa jabhalarda kuch ishlatar tizimining taʼsiri kuchaytirildi. Ayniqsa, 2000-yillardan keyin bu siyosatga yana urg‘u berildi. Yaʼni kuch ishlatar tizim hokimliklarni qo‘rqituvchi omilga aylandi. Lekin 2010-yildan keyin tizim berilgan imkoniyatlarni suiisteʼmol qilishni boshladi. Ikkinchi maʼmuriyat davriga kelib, bu siyosatga chek qo‘yildi. Sababi, kuch ishlatar tuzilmalar hatto ko‘chadagi “stolba”ni ham qamashgacha borgan edi.

    2018—2019-yillarda mahalliy boshqaruv hokimliklarni tiyib turish vakolati parlamentga berildi. Ammo bu o‘zini oqlamadi. Chunki bu davrda deputatlarga katta imkoniyatlar berilgan edi. Masalan, aholi bilan uchrashish, hududlarni borib o‘rganish va shu orqali mahalliy hokimiyatni nazorat qilish hamda undan o‘ziga xos hisobdorlik masalasi qo‘yilgan edi. Menimcha, bunda ko‘zlangan natijaga erishilmaganining asosiy sababi – yetarli salohiyatli deputatlar bo‘lmaganida.

    Farhod Karimov va Oybek Sirojov
    Foto: “Daryo”

    Bugungi kunda mahalliy hokimiyatni tiyib turuvchi institut sifatida – mahalla ilgari surilmoqda. Hozir mahalliy hokimliklarga ham resurs nuqtayi nazardan, ham kadr nuqtayi nazardan, kuch va salohiyat nuqtayi nazardan muqobil institut shakllantirish kerak. Aslida bu dunyo tajribasida mavjud. Lekin bizdagi bitta muammo shundan iboratki, tashkiliy masalada mahalla nomigagina o‘zini o‘zi boshqaruvchi institut hisoblanadi.

    Aslida hokim biror hududdagi yerni tadbirkorga sotishdan oldin, mahalla oqsoqoli bilan maslahatlashishi kerak. Mahalla oqsoqolining salohiyati ham hokimning noto‘g‘ri qarorlariga qarshi chiqa oladigan darajada bo‘lishi zarur. Hozir mahalla institutiga yangi maqom, yangi imkoniyatlar berildi. Lekin natija qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

    – Mahalliy boshqaruv hokimiyatini takomillashtirish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish kerak?

    Farhod Karimov, siyosatshunos:

    – Davlat rahbari o‘z chiqishlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash haqida ko‘p marotaba aytib kelgan. Masalan, oddiy fuqaro prezident va vazirlar mahkamasi chiqarayotgan qarorlarni ko‘rib, taklif berishi mumkin. Ammo quyi bo‘g‘inda bu narsa yo‘q. Vaholanki, xalq bilan ishlaydigan quyi bo‘g‘in hisoblanadi.

    Mahalliy boshqaruvni takomillashtirish uchun birinchi o‘rinda hokimiyatning faoliyati ochiq bo‘lishi kerak. Yaʼni hokim bir qaror qabul qilyaptimi, bu qaror 2-3 kun muhokamada tursin. Misol uchun, hokim uchun kelgan hujjatlar haftalab hokimni xonasiga kirmasdan yotadi. Oxiri o‘sha hujjatni tayyorlagan masʼul hokimga hujjat nima haqida ekanligini tushuntiradi va hokim imzo qo‘yadi. Bundan foydalanuvchi insonlar ko‘p bo‘ladi. Agar imzolanayotgan hujjatlar 1 hafta davomida hokim stolining ustida emas, balki xalq bilan tanishish jarayonidan o‘tganida, qarorlar juda saralangan bo‘lar edi. Hozir bir hokim qaror chiqarsa, o‘rniga kelgan hokim u qarorni bekor qiladi. Buning jabriga bir qancha tadbirkor va insonlar qoladi.

    Farhod Karimov, siyosatshunos
    Foto: “Daryo”

    Men Janubiy Koreyada bir narsaga qoyil qolganman. Butun Koreya bo‘yicha barcha rahbarlarning reytingi yuritiladi. Rahbar bo‘lmoqchi bo‘lgan odam karyerasini boshlashi bilan ball to‘plab boradi. Yaxshi ish qilsa, unga ball beriladi. Agar noto‘g‘ri ish qilsa, to‘plagan balldan olib tashlanadi. Bir hududga rahbar tayinlash shu reyting asosida amalga oshiriladi. Bizda ham shunday mexanizmlarni joriy qilish kerak. Va hokimlarga xalq baho qo‘yishi kerak, yuqoridagilar emas. Shunda hokimlar o‘z reytingi uchun ishlashni boshlaydi.

    Shuningdek, xalqning ham siyosiy savodxonlik darajasi yaxshi bo‘lishi kerak. Hokimlarni ishlashi talabga qarab bo‘ladi. Ming afsuski, bizda daxldorlik hisi yo‘q. Bundan tashqari, hokimiyatga berilayotgan vazifalarni kamaytirish kerak. Hokimiyat bugun hamma narsaga javob bermoqda. Rivojlangan jamiyatlarda mahalliy hokimiyatning o‘z funksiyasi bor. Qolgan ishlarga hokimiyat aralashmaydi. Chunki har bir vazirlikning tumanlar kesimigacha o‘z bo‘linmasi, o‘z xodimi bor. Agar hokimlik barcha ishlarni o‘z bo‘yniga olsa, ijro mexanizmining quyi bo‘g‘inlari nima ish qiladi? Hokimiyatga yuklama ko‘p bo‘laversa, oxir-oqibat hokimiyat “o‘t o‘chiruvchi” vazifasida bo‘lib qoladi. Yaʼni hududda qaysi masala yonsa, o‘shani borib o‘chiradi. Shuning uchun qaysidir funksiyalarni jamiyatning o‘ziga berish kerak. Bundan qo‘rqish kerak emas. Odamlarda daxldorlik hisi ortadi va hokimiyatda o‘zi bajara oladigan vazifalar qoladi.

    – Mahalliy hokimiyatni tiyib turish mexanizmi yoki instituti sifatida bizda qaysi institutni ilgari surishimiz mumkin?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Hokimlar kimga hisobdor bo‘lsa, o‘sha kimsaning manfaatlariga xizmat qiladi. Misol uchun, viloyat hokimi tuman hokimining faoliyatini hal qilsa, tuman hokimi viloyat hokimining topshiriqlarini birinchi bo‘lib bajarishga majbur bo‘ladi. Bir jihatdan bu kerak. Chunki o‘zidan yuqoridagi hokimga bo‘ysunmaslik, bora-bora anarxiyaga olib kelishi mumkin.

    Dunyo miqyosida hokimlarni saylash tizimi joriy qilingan. Mana shu masalaga yechim bo‘la olishi mumkin. Masalan, qo‘shni Qozog‘istonda hokimlar nomzodini shaxslarni o‘zi yoki siyosiy partiyalar ilgari suradi. Shu tizimga biz ham o‘tishimiz kerak.

     Farhod Karimov, siyosatshunos:

    – Xalqaro munosabatlarda qachon barqarorlik bo‘ladi? Qachonki bir qutbga qarshi alternativa bo‘lsa. Afsuski, bugun mahalliy hokimiyatda tiyib turuvchi tizim yo‘q. Insonni fitratida shu narsa borki, agar insonni jilovlab turmasangiz u o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun ham hokimlar tiyib turilishi kerak. To‘g‘ri, viloyatlarda mahalliy deputatlar kengashi bor. Lekin bu kengashga viloyat hokimining o‘zi raislik qiladi. Xalqni irodasini ko‘rsatadigan institut – bu siyosiy partiyalar. Shu siyosiy partiyalarning o‘rni yo‘qligi uchun ham bugun mahalliy hokimiyatlar o‘zini cheklovchi mexanizm yo‘q deb o‘ylaydi. Yuqori turuvchi organdan tashqari.

    Bir vaqtlar ta’lim sohasida maktablarda direktorni tiyib turish uchun kuzatuv kengashi tashkil etilgan edi. Kuzatuv kengashi a’zolarini tayinlash, kengash faoliyatini nazorat qilish esa direktorga yuklangan. Vaholanki, maktab direktoriga yaqin bo‘lgan ota-onalar kengashga a’zo etib tayinlandi. Ikkinchi bir holat, shu kengashga a’zo bo‘lishni istagan odam ham topilmasligida. Ya’ni muammo faqat bir tomonda emas. Bizda daxldorlik hisi yo‘q. Ya’ni xalqni o‘zi e’tiborsiz. Mahalliy hokimlarni tiyib turuvchi mexanizm bor, lekin ularni sal faolroq tarzda ishlatishimiz kerak.

    Mahalliy hokimiyatni tiyib turuvchi yana bir institut – bu ommaviy axborot vositalari. OAV haqiqatda to‘rtinchi hokimiyat. Ya’ni OAV mahalliy hokimiyatning faoliyatini kuzatadi, noto‘g‘ri ish qilsa, ommaga olib chiqadi. Lekin bu ham subyektiv bo‘lib qolishi kerak emas. OAV kimnidir buyurtmasi asosida ishlamasligi lozim, ular xolis baho bersin. Agar bor mexanizmni ishlatmasak, vaqti kelib yana mahalliy hokimlarni tiyib turishni kuch ishlatar tuzilmalarga berishga majbur bo‘lamiz, – dedi siyosatshunos.

    To‘liq suhbatni “Daryo”ning YouTube’dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    12.03.2024, 13:15   Izoh (0)   11033
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda hokim “ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan Captiva-5 olgani aytilmoqda

    11.03.2024, 16:56

    “Zaxira mablag‘dan olingan, qolaversa, hokim 2 yil xizmat avtomobilisiz yurgan”. Angor hokimining Captiva-5 xaridiga izoh berildi 

    11.03.2024, 18:06

    “Qabr qazishdan to‘ydik. O‘lim bu taqdir, lekin urush tugashini xohlayman ” — g‘azolik go‘rkov

    12.03.2024, 12:34

    Toshkent viloyatida 31 yoshli erkak poyezd urib ketishidan halok bo‘ldi

    12.03.2024, 12:15

    O‘zbekistonda 13-mart kuni qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi

    12.03.2024, 11:32

    “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida qariyb 1 mlrd so‘m pul talon-toroj qilingani aniqlandi

    12.03.2024, 11:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40

    Eron yadroviy obyektlari AQSH hujumidan oldin evakuatsiya qilingan — OAV

    Dunyo | 22 iyun, 13:07

    Ukraina tez orada qurol eksportini yo‘lga qo‘yadi

    Dunyo | 22 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 12:20

    Tramp Eronga hujum sabab impichment bilan yuzlashishi mumkin

    Dunyo | 22 iyun, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.