Surxondaryoda tuman hokimi “ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan Captiva-5 olgani aytilmoqda. O‘zAning xabar berishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu holatni o‘rganmoqda.
Unga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan holatlarni o‘rganmoqda. Jumladan, Surxondaryoning Angor tumani hokimi “ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan 349 mln 900 ming so‘mga Captiva-5 avtomashinasi xarid qilganini ham o‘rganmoqda.
Shuningdek, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Ilzat Kasimov ayni paytda bir necha MCHJda hammuassis ekanligi;
“Agrobank” o‘tkazgan 1,3 milliard so‘mlik tenderda o‘zaro bog‘liqliklari bor korxonalar ishtirok etganiga oid holatlar o‘rganilmoqda.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha batafsil maʼlumot berilishi aytildi.
Izoh (0)