“O‘zgidromet” 13-mart, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 metr/sekundgacha, ayrim joylarda baʼzida 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)