• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Qabr qazishdan to‘ydik. O‘lim bu taqdir, lekin urush tugashini xohlayman ” — g‘azolik go‘rkov

    Isroilning G‘azoga qilgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 ming kishidan oshib ketdi. Qurbonlar ortib borayotgani sababli Ibrohim Ahmad quruvchilik kasbini go‘rkovlikka o‘zgartirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

    Foto: AP Photo

    G‘azoning 2,3 millionlik aholisi kabi uyidan ko‘chirilgan Ahmad Rafahdagi Tal Al-Sulton qabristonidagi qumloq yerlarda qabrlar qazib, qabr toshlari yo‘qligi uchun ularga sement bloklar o‘rnatadi.

    30 ming shahid bu katta raqam. Agar buni butun dunyo bo‘ylab sodir etilgan barcha urushlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, ikkita jahon urushi, hatto Xirosima va Nagasaki qirg‘inidan tashqari, sionistik dushman tomonidan Falastin xalqiga qarshi sodir etilgan jinoyatchilik va genotsid bilan bu raqamlarga yetib bormaydi. Shuning uchun barcha vijdoni uyg‘oqlarga murojaat qilaman: Falastin xalqiga qarshi genotsidni to‘xtating, bu jinoyatlarni to‘xtating, ocharchilikni to‘xtating. Bularning bari xalqimizga qarshi sionistik dushman harakatidir. Bizning odamlar yashashga haqli, — deydi u.

    Ibrohim Ahmad quruvchi qilganida ish faoliyati qiyin bo‘lgani, lekin uyga yaxshi kayfiyat bilan qaytgani, hozirgi falastinliklar nigohida tushkun holat saqlanib qolganini aytdi.

    Foto: Ibrohim Ahmad / Reuters

    Go‘rkovlikni to‘xtatishni xohlardim. O‘lim bu taqdir, u Xudoning amri, lekin urush tugashini xohlayman. Shunda qabrlar qazish o‘rniga, mamlakatni qurardik, uni tiklardik. Qabrlar qurishdan to‘ydik. Xudo xohlasa, turar joy binolari qurishimizga, bu yurt uchun yangi ufqlar ochib, uni qayta tiklashimizga umid qilaman. Hafsalamiz pir bo‘lgan darajaga yetdik.

    O‘zim yaxshi ko‘rgan villalar va binolar qurishdan go‘rkovlikka o‘tishim qiyin. Lekin muammo emas, ishlaylik, dedim. Haqiqat shuki, qabr qazish oson emas, qiyin ish. Bu yerda 3-4 oydan beri ishlayapman va  ko‘p narsalarni kashf qildim. Tabiiy sabablar yoki havo hujumlarida halok bo‘lganlar tufayli ko‘mishga olib kelingan jasadlar soni ko‘p. Odatdagi raqam ikki-uch kishi, bu ko‘rsatkich haftasiga emas, kuniga shunchani tashkil etadi. Ammo ayrim kunlari bizga 30-40 jasad keladi, bu juda katta raqam, — deydi Ahmad.

    Go‘rkov u ishlayotgan joyda ikkita ommaviy qabriston borligi, birida 80 kishi, ikkinchisiga 100 kishi ko‘milganini aytdi. 

    Foto: Reuters

    Bu yerda odamlarni tekinga dafn etishadi, bu ish uchun hech kim pul olmaydi. Lekin bu yerdagi ahvolimiz bizni dafn etilganlar sonining yukini ko‘tarishga majbur qiladi. Bundan oldingi ishim qiyin edi, lekin uyga muvaffaqiyat hissi bilan qaytardim. Yangi narsalar qilardim, har kuni boshqa bino, boshqa dekoratsiya. Yaxshi kayfiyatda uyga kelardim. Hozirgi ishim asli kasbim bo‘lmasa ham, muqobil variant yo‘qligi sababli kasbim deb hisoblashim kerak. Bugungi hayotim avvalgisiga o‘xshamaydi.

    Uyga ketasan, ertalab qabristonga kelasan, ishlaysan, odamlarni ko‘rasan. Bir xil yuzli turli odamlarni ko‘raman, azoblari bir. Bu depressiyani keltirib chiqaradi. Odatdagi tartibday uyga qaytasan, hatto uyda ham o‘zingni qulay his qilmaysan, chunki ertasi kuni qabrga borasan. Yashash yo‘q, shunchaki vaqt o‘tayotganini ko‘rasan. Kelajaging qanday? Farzandlaringni kelajagi qanday? Qaysi narsalarni rejalashtirish yoki qilish kerak? Farzandlarni o‘qitish va ularga boshqa ko‘p narsalarni o‘rgatish kerak, lekin hafsalang pir bo‘ladi, umidingni yo‘qotasan, bunday vaziyatda nima qilish mumkinligini bilmaysan. Xudoga iltijo qilaman, bir yechim topiladi, biz va farzandlarimiz uchun yaxshi kelajakni ko‘ramiz, — ta’kidlaydi go‘rkov.

    Foto: Reuters

    Ibrohim Ahmad o‘lim, vayronagarchilik, binolarni buzish, odamlarni ko‘chirish yetarli ekanini aytdi. U urush to‘xtab, G‘azo sektori qayta tiklanishiga ishonch bildirdi.

    Qabrlar, shahidlar, qon va vayronagarchilik, dahshatli holat, sizga nima deyishni bilmayman, bu nazoratdan tashqarida. Muzokaralarda olg‘a siljish bo‘lishiga umid qilaman, o‘z ishimizga yechim topib, haq-huquqimizni olish uchun Allohga iltijo qilamiz, — deya xulosa qildi u.
    12.03.2024, 12:34   Izoh (0)   9360
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘azodagi yo‘qotishlar dunyo ozod xalqlari xotirasidan o‘chmaydi — Eron TIV

    01.03.2024, 20:15

    AQSH ilk bor G‘azo aholisiga samolyotlardan oziq-ovqat tashladi (video)

    03.03.2024, 17:55

    Isroil G‘azoda yana gumanitar karvonni o‘qqa tutdi. Qurbonlar bor (foto)

    04.03.2024, 10:50

    Netanyaxu tashqi bosim kuchayib borayotganiga qaramay, HAMASni yo‘q qilishga va’da berdi

    07.03.2024, 23:39

    Netanyaxu Isroil qamoqxonalarida minglab yangi joylar tayyorlashni buyurdi

    11.03.2024, 16:37

    “Isroilning G‘azo bo‘yicha barcha rejalari barbod bo‘ldi” — HAMAS yetakchisi

    11.03.2024, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.