Berlin chekkasidagi Tesla zavodida ishlab chiqarish seshanba kuni elektr taʼminotidagi uzilish tufayli to‘xtatildi, bu zavodga tutash hududdagi yong‘in natijasida yuzaga keldi, deb yozadi nemis OAV.
Yong‘in sababi ataylab o‘t qo‘yish bo‘lishi mumkin, deb yozadi Berliner Zeitung. Zavoddan tashqari, yaqin atrofdagi 2 mingga yaqin oila elektr energiyasiz qolgan.
OAV xabarlariga ko‘ra, yaqinda atrof-muhit faollari Tesla zavodi yaqinidagi o‘rmonda norozilik namoyishlarini o‘tkazgan.
Shu kunlarda Tesla aksiyalari 2,4 foizga arzonlashdi. Yil boshidan beri kompaniya kapitallashuvi 24 foizga tushib, 643,5 milliard dollarni tashkil qildi.
Izoh (0)