Muay-tay bo‘yicha jahon chempionatining ikki karra g‘olibi Nikita Chernov baxtsiz hodisada vafot etdi. Bu haqida sobiq sportchi faoliyat olib boradigan klub murabbiyi Andrey Sobko ma’lum qildi.
![](/static/2024/03/04/ry5I6GjDn2I-vg5nV8PV.jpg)
“Nikita murabbiy sifatida ilk musobaqaga shogirdlarini olib ketayotgan vaqtda vafot etdi”, — dedi Sobko.
Mariy El davlat yo‘l inspektsiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2-mart kuni ertalab Zvenigovskiy tumanidagi Vyatka shossesining 26-kilometrida KAMAZ haydovchisi chorrahada sportchi bo‘lgan Volvo mashinasiga yo‘l bermagan.
Shundan so‘ng to‘qnashuv sodir bo'lgan va sportchi vafot etgan.
Izoh (0)