Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Vodiy—Toshkent yo‘lida yuk avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 2-mart kuni soat taxminan 10:30 larda 33 yoshli A.Sh. boshqaruvida bo‘lgan “Ohangaronsement” AJga tegishli Howo rusumli maxsus yuk avtomashinasi Olmaliq—Toshkent avtomobil yo‘lining Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan 28-kilometrida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan haydovchi 28 yoshli I.B. boshqaruvida bo‘lgan Sany Semi Triler Tractor rusumli yuk avtomashinasiga (tirkamasi bilan) urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Natijada ikkala transport vositalariga texnik shikast yetgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Isuzu avtobusi ag‘darilib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)