Samarqand shahar Dahbed ko‘chasida 29-fevral kuni soat 13:20 larda Damas, BMW va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/03/01/дтп1-G3yuMiru.jpg)
YTH oqibatida Damas ichida bo‘lgan yo‘lovchi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Keyinroq ahvoli yaxshiligi sababli uyiga javob berib yuborilgan.
![](/static/2024/03/01/дтп2-4TbxWEHN.jpg)
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar ichki ishlar organlari FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)