Italiyalik futbolchi Mario Balotelli Breshiyada YTHga uchradi.
Voqea 23-noyabr kechasida sodir bo‘lgan. “Adana Demirspor”ning 33 yoshli hujumchisi Audi mashinasida panjaraga borib urilgan. Avtomobilning xavfsizlik yostiqchalari ishga tushgan.
Mario mashinadan tushgan, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng futbolchi alkogol testidan o‘tishi kerak bo‘lgan.
Giornale de Brescia nashrining xabariga ko‘ra, alkogol uchun dastlabki test ijobiy chiqqan. Biroq, Balotelli qayta tekshiruvdan bosh tortgan. Hozirda uning haydovchilik guvohnomasi vaqtinchalik olib qo‘yilgan.
Mario joriy mavsum Turkiya chempionatida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)