Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ayoldan turmush o‘rtog‘ining farzandlariga o‘tkazgan tazyiq holatlari yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Ayol turmush o‘rtog‘ining mast holatda 2008-yilda tug‘ilgan M.R. va 2012-yilda tug‘ilgan M.A. qizlarini urgani hamda ularga nisbatan turli shaklda tazyiq o‘tkazgani yuzasidan IIBga murojaat qilganini aytgan. Biroq holat yuzasidan mutasaddilar tegishli chora ko‘rmaganini, qizlariga himoya orderi berish bo‘yicha arizasi esa qanoatlantirilmaganidan noroziligini bildirib, ushbu vaziyatni hal qilinishida ko‘mak so‘ragan.
Bolalar ombudsmani so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan holat o‘rganildi hamda 31-yanvar kuni murojaatchi D.R.ning o‘ziga va ikki nafar qiziga himoya orderlari rasmiylashtirildi.
Ayolning turmush o‘rtog‘i harakatlariga huquqiy baho berish masalasini o‘rganish bilan birgalikda unga himoya orderi doirasidagi taqiqlar va ularni buzishning huquqiy oqibatlari haqida ogohlantirildi.
Izoh (0)