Xorazmda o‘qituvchi dars vaqtida o‘quvchi qizni ayovsiz kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, Xorazm viloyati Xonqa tumani 36-sonli maktabning boshlang‘ich sinf mehnat fani o‘qituvchisi M.A. 23-fevral kuni 1 “A”-sinf o‘quvchilari (2016-yilda tug‘ilgan) G‘.O.(qiz bola), Yu.A. va D.B. (o‘g‘il bolalar)ni dars paytida nazorat ishlarini to‘g‘ri bajarmagani vaji bilan kaltaklagan.
2024-yil 26-fevralda o‘qituvchining bunday noqonuniy harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Tergovga qadar tekshiruv doirasida o‘quvchilar G‘.O., Yu.A. va D.B.larga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza, o‘qituvchi M.A.ga nisbatan sudga oid psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.
Qayd etilishicha, bolalar ombudsmani bolaning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan mazkur holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Izoh (0)