“Rosatom” Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Myanma va Sharqiy Osiyoning orol davlatlari bilan kichik atom elektr stansiyalari (AES) qurish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyovga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Talab juda yuqori va bizning tahlilchilarimiz yaqin 10-15 yil ichida sayyorada 30-40 gigavatgacha kam quvvatli AESlar qurilishini aytmoqda”, — dedi Lixachyov.
U hozirda Rossiya kompaniyalari, jumladan, “Nornikel”, “Gazpromneft”, “Lukoyl” va “Russkaya platina” kompaniyalari bilan kichik AES loyihalari bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini eslatib o‘tdi.
“Bir qator davlatlar bizning hamkorlarimiz va mijozlarimiz. Ayrimlari bilan hukumatlararo bitimlar tuzilgan, shartnomalar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Boshqalari bilan esa texnik ko‘rinish va iqtisodiy model darajasida ishlayapmiz. O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Myanma va Janubi-Sharqiy Osiyodagi qator orol davlatlari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz”, — deydi u.
Izoh (0)