Telegram kanallari egalari mart oyidan boshlab mehnatlari uchun moliyaviy mukofotlar olishni boshlaydi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov xabar berdi.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, mart oyida Telegram reklama platformasi deyarli 100 ga yaqin yangi mamlakatda ishga tushadi. Telegram kanallarda reklama ko‘rsatish orqali topgan daromadining 50 foizini kanal egalariga taqdim etadi.
Telegram TON texnologiyasidan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshiradi, kanal egalari esa Toncoin kriptovalyutasi ko‘rinishida pul oladi. Kontent yaratuvchilar uni naqd qilishi yoki kanallarini yuritish va modernizatsiya qilish uchun ularni qayta investitsiya qila olishi mumkin.
Telegram kanallari har oy jami bir trillion ko‘rishlar soniga ega bo‘ladi. Hozirda buning atigi 10 foizi Telegram reklama platformasi yordamida monetizatsiya qilinadi.
Izoh (0)