AQSHning Sietl sudi Binance kripto birjasi iqtisodiy huquqbuzarliklar uchun AQSH rasmiylariga 4,3 milliard dollar to‘lashi haqidagi kelishuvni tasdiqladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ushbu shartnomaga ko‘ra, Binance pullarni va AQSH hukumati sanksiyalarini chetlab o‘tish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarda ishtirok etganlikda aybdorligini tan olishga rozi. Binance 4,3 milliard dollar jarima to‘laydi. Kompaniya shuningdek, besh yil davomida Sullivan & Cromwell yuridik firmasi tomonidan maxsus nazorat ostida bo‘ladi.
Prokurorlar Binance’ni pul yuvish, bank firibgarligi va Rossiya hamda HAMASga Amerika sanksiyalarini chetlab o‘tishda yordam berganlikda ayblagan. Xuddi shunday ayblovlar birja asoschisi va bosh direktori Changpeng Chjaoga ham qo‘yilgan. Binance o‘z aybini tan olgan va noyabr oyida taxminan 4 milliard dollar to‘lashga rozi bo‘lgan edi. Ko‘p o‘tmay Chjao o‘z lavozimidan ketishini e’lon qilgan.
“Binance AQSH moliya tizimida daromad qilib, uning qoidalariga rioya qilmadi, natijada jinoyatchilar birjadan millionlab dollar o‘g‘irlangan mablag‘lar va noqonuniy daromadlarni o‘tkazish uchun foydalangan”, — deyiladi sud qarorida.
Izoh (0)