Daryo

Falastin hukumati AQSH bosimi ostida iste’foga chiqmoqda — OAV

Bu qadam G‘azodagi urushni to‘xtatishga, Isroil harbiylarning sektordan chiqib ketishiga yordam berishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish20 441 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin maʼmuriyati 26-fevral kuni isteʼfoga chiqmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Al-Mayadeen xabar berdi.

Foto: Falastin prezidenti Mahmud Abbos / Reuters

Xabarga ko‘ra, iste’fo Falastin prezidenti Mahmud Abbosning mintaqa davlatlari, xalqaro hamjamiyat va AQSHning Falastin ma’muriyatiga nisbatan bosimi ostida qabul qilingan. Bu G‘azodagi urushni to‘xtatish, Isroil harbiylarining u yerdan chiqib ketishi uchun xalqaro kafolat berish, G‘arbiy Sohilga bostirib kirishni to‘xtatish va Falastindan moliyaviy blokadani olib tashlashga olib kelishi kutilmoqda.

Iste’fo yangi hukumatni shakllantirish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lib, undan keyingi ikki qadam G‘azo sektoridagi urushni tugatish va keyinchalik yangi hukumatni shakllantirish uchun barcha Falastin fraksiyalari, jumladan, HAMAS uchun milliy konsensusni shakllantirishdir.

Bunga erishish muddati bo‘yicha ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, G‘azodagi falastinliklar o‘qlar va otishmalar ostida yashayotgan bir paytda biror hukumat tuzishning iloji yo‘qligi ta’kidlanadi.

Prezident Mahmud Abbos avvalroq G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatishdan oldin yangi hukumat tuzish bo‘yicha qaror qabul qilmasligini aytgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar