“O‘zaviatsiya” agentligi Qirg‘izistonning Tez Jet aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnoma berilganini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan 2024-yil 22-fevralda “O‘zaviatsiya” agentligi Tez Jet aviakompaniyasiga O‘sh–Toshkent–O‘sh va Bishkek–Toshkent–Bishkek yo‘nalishida O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berdi.
Parvozlar aviakompaniyaning RJ-85 va MD-83 havo kemalarida amalga oshiriladi.
Izoh (0)