• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Turmush o‘rtog‘ining xiyonatini kechira olmagan, Dubay shayxining taklifini rad etgan va Ahmadboy bilan sherikchilikda ayblangan Dilfuza Ismoilova 56 yoshda (foto, video)

    “Toshkentning sho‘x qizi” sifatida tanilgan Dilfuza Ismoilova bu yil 56 yoshni qarshiladi. Uning harakatlari qo‘shiqda aytilganidek hamon sho‘x va quvnoq. Hayot qiyinchiliklarida toblangan ijodkor ko‘nglidagilarni atrofdagilardan yashirmaydi. Aksincha, baxtli turmushi ortidagi qiyinchiliklar haqida odamlar bilishini istaydi.

    “Otam san’atkor bo‘lishimga qarshilik qilgan”

    Dilfuza Ismoilova sanʼatga aloqasi bo‘lmagan oilada dunyoga kelgan. Shu bois otasi uning sanʼatkor bo‘lishiga jiddiy qarshilik qilgan.

    Foto: Skrin

    — Oilada yetti qiz va bir o‘g‘il bo‘lganmiz. Ota hovlimiz shahar markazidagi Qoratosh mavzesida bo‘lsa-da, uyimizda chorva mollarini ham boqardik. Ertalab maktabga ketishdan avval betondagi sutlarni sotib kelish kaminaning vazifasi bo‘lgan. Shu boisdanmi men qizlardek nozik tabiatli, nimjon bo‘lmaganman. Loy qorib, g‘isht quyishni ham uddalaganim uchun otam rahmatli “Dipu o‘g‘lim” deb erkalardi. Men shahardagi 116-maktabda o‘qiganman. “Bahor qaytmaydi” serialida Anvar rolini ijro etgan Rustam Abzalov maktabimizda direktor edi. U inson ham sanʼatni sevgani uchun drama to‘garagini tashkil qilgandi. Ko‘pchilik qizlar qatori to‘garakka qatnashganman va sanʼatga mehr qo‘yganman. Onam “Farzandlarimdan birortasi mashhur bo‘lsa, puli ko‘p bo‘lsa”, deb orzu qilardi, ammo otam rahmatli bu sohani tanlashimga jiddiy qarshilik qilgan. Keyinchalik o‘zi duo bilan fotiha bergan, — deydi Dilfuza Ismoilova.

    “Aeroportdan ortimga qaytganman”

    Dilfuza Ismoilova 1985-yili sanʼat institutining “Kino va drama” fakultetiga o‘qishga kirgan. O‘sha yili mashhur rejissyor Shuhrat Abbosov eng isteʼdodli aktyorlarni jamlayotgani haqidagi gap-so‘zlar tarqaladi. Rejissyor isteʼdodli abituriyentlar orasidan Dilfuza Ismoilovani tanlab oladi.

    Foto: Instagram

    — Shuhrat Abbosovning kursida o‘qish oson emasdi. Talabchan, izlanuvchan va nihoyatda qattiqqo‘l ustoz edi. Ko‘pchilik meni komik aktrisa sifatida taniydi, ammo men talabalik chog‘larimda dramatik rollarni ham ijro etganman. Har kuni tayyorgarlik bo‘lardi, rol ko‘ngildagidek chiqmasa, ustozimiz ketishimizga yo‘l qo‘ymasdi. Shunday kunlarning birida rossiyalik kinoijodkorlar o‘zbek qizi roli uchun aktrisa izlayotgan ekan. Men haqimdagi maʼlumotlar ularga qanday borib qolganini bilmayman. 1987-yili ular Moskvaga taklif qildi, samolyot chiptalarini ham yuborishdi. Ammo ketishimdan kursdoshlarim xafa bo‘lgan edi. Chunki men ketsam repertuardagi spektakllarni qayta sahnalashtirish kerak bo‘lardi. Aeroportga borganman-u, bir soatcha o‘ylab ortimga qaytganman. Menimcha, menda sodiqlik kuchli, agar shunday bo‘lmaganida Toshkentda qolishga qaror qilmagan bo‘lardim, — deydi Dilfuza Ismoilova.

    “Kelin pul olib kelsa, hammaga yoqadi”

    Aktrisa otasining o‘limidan so‘ng hamma narsadan, xususan sanʼatdan ham ko‘ngli qolgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Skrin

    — 1989-yili oila qurganman. 1990-yili esa to‘ng‘ich farzandim dunyoga kelgan. Afsuski, shunday kunlarning birida otam vafot etgan. O‘shanda oilamizga juda qiyin bo‘lgandi, chunki singillarim hali yosh, oilamizning boquvchisi esa olamdan o‘tdi. Hamma narsadan hafsalam pir bo‘lib yurganida qaynonam teatrga ishga kirishim kerakligini aytgan. Avvaliga ishlashni xohlamaganman, chunki otamning o‘limi juda og‘ir taʼsir qilgandi. Oxiri rozi bo‘lib, Abror Hidoyatov nomidagi teatrga ishga qabul qilinganman. Ikki yilga yaqin ishladim, ammo oladigan oyligimdan hech ko‘nglim to‘lmasdi. Shunda mashina oldi-sotdisiga qiziqib qoldim. Sarmoya kiritib, mashinani olib, u yer bu yerini tuzatib qayta sotardim. Juda yaxshi foyda qolardi, kelin pul olib kelsa hammaga yoqadi. Xursand bo‘lib, ishimni qo‘llab-quvvatlashardi, — deydi Dilfuza Ismoilova.

    “Ssenariyni 50 yilda ham yodlolmayman”

    Dilfuza Ismoilovaning tanilishida “Gap yo‘q” jamoasining hissasi katta. Uning takrorlanmas rollari ham aynan ana shu jamoa bilan birgalikda yaratilgan.

    Foto: Instagram

    — Rejissyor To‘xtamurod Mahkamov bilan tanishishimga Olimjon aka sababchi bo‘lgan. Hammamiz bir maktabda o‘qigan, oldinma keyin sanʼat institutini tamomlagan talabalar edik. To‘xtamurod Mahkamov rol berishda insonning feʼl-atvorini ham hisobga oladigan, samimiyatni yaxshi ko‘radigan inson edi. Tabiatan bitta kamchiligim bor, buni hech to‘g‘irlay olmadim. Ertalab uyg‘onishim juda qiyin, uyg‘ongan taqdirimda ham rolni ijro etolmayman. To‘xtamurod aka shuni bilib atayin men bilan bog‘liq sahnalarni tushdan keyin olardi. Ssenariyni oldindan ko‘rmasdim, shu bois To‘xtamurod aka o‘sha yerda shoshib o‘qib berardi. Bitta ssenariyni 50 yilda ham yodlay olmayman, ammo gapirib berishsa tezda yodimda qoladi. Aslida ssenariyda sigir sudrab ketishi-yu, poyezd tepasida yugurish bilan bog‘liq sahnalar bo‘lmagan. Hammasi suratga olish maydonchasida tasodifan yaratilgan. To‘xtamurod Mahkamov operatorga “Indamay olaver, Dilfuzaning o‘zi rolni qoyillatadi”, derdi. Haqiqatan ham besh daqiqadan keyin qanday xatti-harakatni qilishimni bilmasdim. Hammasi “motor” deyilganida yaratilardi, — deydi Dilfuza Ismoilova.

    “Ovoz eshakda ham bor”

    Dilfuza Ismoilovaning qo‘shiq kuylashi tomoshabinlar uchun kutilmagan yangilik bo‘lgan. Uni ko‘pchilik xonanda sifatida tan olmagan va tanqid toshlarini otgan. Shunday bo‘lsa-da, u “Toshkentning sho‘x qizi” qo‘shig‘i bilan o‘z muxlislarini topgan.

    Foto: Instagram

    Mazkur qo‘shiq 2000-yilda Dilfuza Ismoilova g‘oyasi, Tohir Muhammad so‘zi asosida yaratilgan. Mazkur qo‘shiqdan so‘ng xonandaga omad kulib, to‘ylarining keti uzilmay qoldi.

    — Yigirma yildan buyon “Toshkentning sho‘x qizi” qo‘shig‘ini kuniga kamida 10-15 marotaba ijro etaman. Kuniga 4-5 ta “birrov”im bo‘lsa, har bir to‘yda kamida ikki-uch marta ijro etishimni so‘rashadi. Eng quvonarlisi, qo‘shiqni avval yoshlar so‘rardi, hozir 80 yoshli onaxonlar ham shu qo‘shiqqa raqsga tushyapti. Ovozi yo‘q deydiganlarga javobim — u eshakda ham bo‘ladi. Men oylab bitta qo‘shiq ustida ishlamayman, yarim soatda she’rni qo‘limga olib bitta aytib, studiyadan chiqib ketaman. Qo‘shiq ko‘ngildan chiqishi kerak, shundagina samimiy bo‘ladi. Ovozi yo‘q deydiganlarga aytar gapim 24 yildan buyon qo‘shiq aytib xalq xizmatida yuribman. Bitta chiqib, yo‘q bo‘lib qolmadim. Sanʼatda ovoz rol o‘ynamaydi, — deydi Dilfuza Ismoilova.

    “Ahmadboyga mashina berib kuydim”

    Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Dilfuza Ismoilova to‘y marosimi vaqtida Ahmadboyni duo qilayotgani tasvirlangan videolar paydo bo‘ladi. Qo‘shiqchi “Baxtimizga boy otamiz sog‘ bo‘lsinlar, umrlari uzoq bo‘lsin! Alloh sizni o‘z panohida asrasin. Boy otamizni yomon ko‘zlardan, yomon odamlardan xudo asrasin!”, — deydi.

    Foto: Instagram

    — Ahmadboyga pul bermaganman. Mashina bergandim. Mashinaga kuydim. U ham bir inson. Beayb parvardigor. Do‘stga ham, dushmanga ham aytadiganim — omadini bersin, — deydi Dilfuza Ismoilova.

    “Lo‘lilar qo‘shiqchilarga ko‘p pul beradi”

    Dilfuza Ismoilova intervyularining birida lo‘lilarni yaxshi ko‘rishi, ular to‘yda aytilgan narxdan o‘n baravar ko‘p berishi haqida gapirgandi.

    Foto: Instagram

    — Lo‘lilarning buyurtmasi bilan to‘ylariga boraman. Men ularni rosa hurmat qilaman, ularni yaxshi ko‘raman, mehmondo‘st bo‘lishadi. Buyurtma qilishadi, ular mard. Qancha berishini aytmayman, lekin o‘zimizning insonlardan o‘n baravar ko‘p to‘lashadi. Juda ham mard bo‘lishadi, ular meni yaxshi ko‘rishadi, men ham ularni yaxshi ko‘raman”, — deydi xonanda.

    “Turmushga chiqishga uyaldim”

    Dilfuza Ismoilovaga arabistonlik shayxdan sovchi kelgani, u bir nechta jomadonda tilla va kiyimlarni sovg‘a qilib yuborgani, xonanda esa uni insonlarga tarqatib yuborgani haqida ham aytgandi.

    Foto: Instagram

    — Haqiqatan sovchi kelgan, uylanmagan, hozir Arabistonda. Umra safariga borishimdan oldin ularning elchixonasida suhbatlashib o‘tirganmiz, shunda yoqtirib qolgan. Haqiqatan sovchilar qo‘yib, olaman deb jomadon-jomadon sovg‘a jo‘natgan. Hammasini tarqatib yuborganman, zo‘r narsalar edi, kerak emas, tegmayman deganman. Ularning tilini, ingliz tilini bilmayman, yonidagi tarjimonlari bilan gaplashganman, rus tilida gapirsa, tushunib javob qaytarganman. Sovg‘alarini tarqatib yuborib savob olganman, lekin bitta narsasini ham taqmaganman ham, kiymaganman ham. Shunaqa odatim bor, endi uyat bo‘lsa kerak, uchta bolali, yettita nevarali bo‘lib turmush o‘rtoq chiqibdi deb tegib ketmayman-ku. Bu masalada o‘zimni hurmat qilaman, — deydi Dilfuza Ismoilova.

    “Qaynonam ham qo‘shiqchi bo‘lgan”

    Xonanda shaxsiy hayotda omadi kulmagani turmush o‘rtog‘ining noto‘g‘ri qadami sabab uch bola bilan ajrashgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram

    — Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashib ketganimizga 18 yildan ko‘proq bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im kursdoshim edi. Juda ham tarbiyali, yaxshi inson bo‘lgan. San’atkorlar oilasiga kelin bo‘lib tushganman. Qaynonamga ham gap bo‘lishi mumkinmas. Qaynonam Nodira Ahmedova, qo‘shiqchi bo‘lgan.

    Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashishimga ularning noto‘g‘ri qadami sabab bo‘lgan. Qo‘pol bo‘lsa ham aytaman, men hech qachon harom narsani o‘zimga yaqinlashtirmayman. Mening bir odatim borki, yaqin insonim aldasa, hech qachon kechirmayman. Aybini kechirishim mumkin, lekin u odam men uchun yo‘q,—deydi Dilfuza Ismoilova.

    Dilfuza Ismoilova nima sababdan filmlarda rol ijro etmayapti?

    Foto: Instagram

    — Zo‘r aktrisaligimni bilaman, mendek aktrisa yo‘qligini ham bilaman. Men tekinga rol o‘ynaydigan aktrisa emasman. Katta pul so‘rayman, uni berishmaydi, aksincha, ular sizdan pul so‘rashadi. Shuning uchun o‘zimni xor qilgim kelmaydi, chunki shu yo‘nalishda o‘qib ishlaganman. Mening ham farzandlarim, tirikchiligim bor. Ko‘p takliflar bo‘ladi, yaqinda ham bir taklif tushgan edi, narxini aytgandim, bo‘ldi, javobini ertaga aytaman, deb yo‘qolib qoldi. Hech qachon tekinga rol o‘ynamayman”, — deydi Dilfuza Ismoilova.

    “Suv zavodim bor”

    Dilfuza Ismoilova o‘g‘illarining ham san’atkor bo‘lishini istagandi. Ammo ularning qo‘shiqlari u qadar ommalashmadi. Hozir o‘g‘illari tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.

    Foto: Instagram

    — Katta o‘g‘lim hovli qurib sotadi. Kichkina o‘g‘lim Sarvarning suv zavodi bor. Qo‘li qo‘liga tegmay ishlaydi, suv beshta filtrdan o‘tadi. Suv ham yerning tagidan olinadi, halol qilib ishlab chiqariladi. Mening ham besh xil suv zavodim bor, — deydi aktrisa.

    22.02.2024, 17:50   Izoh (0)   173937
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hilol Nasimov 61 yoshni qarshiladi. Rejissor nima uchun filmlaridagi bosh qahramon rolini faqat o‘g‘liga beradi?

    12.02.2024, 10:50

    “Zapretga tushib atrofdagilarning asl yuzini ko‘rdim”. Qo‘shig‘i turli millat vakillari tomonidan o‘zbek tilida kuylangan xonanda Feruza Jumaniyozova 40 yoshda (fo...

    14.02.2024, 15:50

    Mudhish avtohalokatdan omon qolgan va farzand dog‘ini ko‘rgan aktrisa Ra’no Yarasheva 63 yoshda (foto, video)

    16.02.2024, 09:50

    Turk kino yulduzlari Burak O‘zchivit va Fahriye Evjenning Istanbuldagi hashamatli uyiga sayohat (foto)

    22.02.2024, 12:53

    Instagram: “Mitti vayn” jamoasi aktyori uylanmoqda, Shahlo Alijonova va Osman Navro‘zov yangi avtomobilli bo‘ldi

    22.02.2024, 10:52

    Xonandalik va aktyorlikni bir maromda olib borayotgan san’atkorlar (foto)

    20.02.2024, 14:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.