• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Zapretga tushib atrofdagilarning asl yuzini ko‘rdim”. Qo‘shig‘i turli millat vakillari tomonidan o‘zbek tilida kuylangan xonanda Feruza Jumaniyozova 40 yoshda (foto)

    14-fevral sanasida “Yalla habibi” va “Kel azizim” qo‘shiqlari bilan muxlislar mehrini qozongan taniqli xonanda Feruza Jumaniyozova 40 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan bir necha yillik “zapret” tufayli ijoddan uzoqlashgan, stress sabab ortiqcha vazn olgan hamda hozirda yana faol ijodga qaytgan xonandaning ichki olamiga nazar tashlaymiz. 

    Foto: Instagram


    Ijoddagi tanaffus sababi

    — Ijodda tanaffus qilishimga semirib ketganim sabab bo‘ldi. Oldinlari ideal ko‘rinishda sahnaga chiqqanim uchun tashqi qiyofamdan uyala boshladim. Bunaqa holatda muxlislarim ko‘ziga ko‘rinishni xohlamadim. Faqat farzand tarbiyasi bilan band bo‘ldim, desam xato bo‘ladi. Shuning uchun faqat to‘ylarga chiqib turdim. Tashqi ko‘rinishdan rozilik ayol kishi uchun juda muhim. Inshaalloh, katta sahnada konsert qo‘yish niyatim bor.

     “Zapretga tushganimda odamlarning asl yuzini ko‘rdim”

    — 20 yil oldingi Feruzaning va hozirgi Feruzaning ancha farqi bor. Chunki men ona bo‘ldim. Uy bekasiga aylandim. Bundan afsuslanmayman. Oldingi va hozirgi dunyoqarashim o‘rtasida ancha farq bor. Odamlarni bilib oldim. Yulduz darajasida yurgan paytim menga jonini berishga tayyor bo‘lgan muxlislarim, do‘stlarim “zapret”ga tushganimda tashlab ketishdi. Yonimda hech kim qolmadi. Bir tomondan “zapret”ga tushishim, o‘tirib qolishim menga sinov vazifasini bajardi. Yonimda yurganlarni yaxshi tanib oldim.

    Foto: Instagram

    “Toshkentga onam bilan bitta o‘rindiqda o‘tirib kelganmiz”

    — Toshkentga kelishimiz juda qiziqarli bo‘lgan. Orqaga nazar tashlaydigan bo‘lsam ham yig‘layman, ham quvonaman. O‘sha paytlarda san’atkor bo‘lganimdan afsuslanardim. “Ayajon nimaga azob chekyapmiz?”, deb yig‘lardim. Endi o‘ylab qarasam, menga u kunlar esdalik bo‘lib qolib ketdi. Hozir “O‘sha kunlarga yana qaytasanmi?”, deb so‘rashsa, hech ikkilanmay, “Qaytaman”, deyman. Hayotda qiyinchilikdan qo‘rqmaslik kerak ekan. Ko‘rgan qiyinchiliklarim keyin yaxshiliklarga xizmat qildi.

    San’atni deb tibbiyotni tark etgan xonanda

    — 99-yillarda tibbiyot kollejida o‘qirdim. Ayamga “Qo‘shiqchi bo‘laman”, dedim. Ayam esa “Sen shifokor bo‘lishing kerak, qayerdan chiqdi bu gap?”, dedi. “Ayajon qo‘shiqchi bo‘lganimda ham yaxshi qo‘shiqchi bo‘laman”, dedim. Ayam o‘zi san’atkor bo‘lgani uchun “Mayli, menga qo‘shiq xirgoyi qilib ber, agar menga yoqsa, rozi bo‘laman”, dedi. Ayam menda Xorazmcha qo‘shiq aytishimni kutgan. Men esa estrada yo‘nalishida kuylashni istardim. Ayam “Bu yo‘l og‘ir yo‘l. Poytaxt bir daryo, biz esa kichkina ariqmiz. Mo‘ljalni unaqa katta olma”, dedilar. Men esa ko‘nmadim.

    Foto: Instagram

    San’atga ilk qadamlar

    — Bu birinchi o‘rinni olish men kutayotgan marra emasdi. Biz ko‘rik tanlovdan keyin uyga qaytib ketdik. Keyinroq esa “Yulduz shou” o‘tkazildi. O‘shanda bizni chaqirishdi. Shundan keyin omad kulib boqdimi, ijod boshlanib ketdi.

    “Toshkentga kelganimdan keyin qiyinchiliklarning zo‘ri boshlangan”

    — Mablag‘ tomondan juda ko‘p qiyinchiliklar bo‘lgan. Ayam bilan Xorazmdan Toshkentga avtobusning bir o‘rindig‘iga o‘tirib kelganmiz. Bir kuni esimda bor, ayamning tizzasiga o‘tirib kelayotgandim, ayam juda charchadi va yonimizda o‘tirgan harbiy boladan bir ozga bo‘lsa-da menga joy berib, o‘zi tik turib turishini iltimos qildi. U esa “Men ham xizmatni o‘tab, charchab kelyapman, xola” deb unamadi. Shu tariqa manzilga yetgunimizcha ayamning tizzasida o‘tirib ketdim. O‘shanda ikki o‘rindiq uchun bilet olishga pulimiz yo‘q edi. Endi o‘ylab qarasam, Toshkentga kelganimizdan keyin ko‘rgan qiyinchiliklarimning oldida bu mashaqqatlar hech narsa emas ekan. Har xil tuhmatlar bo‘ldi. Siz bir onaning bokira qizisiz. Sizga “Qizing mening erim bilan yurdi”, deyishsa, tasavvur qiling onangizga qanday og‘ir botishini?

    “Insonga onadan boshqa hech kim do‘st bo‘la olmaydi”

    — San’atdan do‘st topish mumkin, lekin san’atkorlar ichidan emas. Chunki san’atkor san’atkorga hech qachon do‘st bo‘lmaydi. O‘zi bir inson boshqasiga do‘st bo‘la olishiga ishonmayman. Inson uchun faqat ona do‘st bo‘la oladi. Men onamdek do‘st topa olmadim hayotda.

    Foto: Instagram

    “Xiyonatni kechirmayman”

    —   Bir inson mening ishonchimni poymol qilsa, u uchun ko‘nglim eshiklarini yopaman. Ko‘rganimda salom, deyishim mumkin. Lekin u inson men uchun yopiq eshik bo‘ladi. Bir inson sizga xiyonat qilsa, qanday qilib uni uyingizga olib kirib, to‘rga o‘tqazib qo‘yasiz? Men uchun jonini beradigan, metrlab xatlar yozadigan muxlislarim, sizsiz o‘lib qolaman degan shogirdlarim bor edi. Lekin ular kezi kelsa meni to‘yiga aytmadi, bitta SMS yozib qo‘yishga yaramadi.

    Kutilmagan “zapret”

    — 2007-yilda “zapret”ga tushdim. “Xalqlar do‘stligi”da konsert qo‘yayotgandim, bannerlar osilgan, reklamalar ketyapti. “Konsert to‘xtatildi, sen zapretga tushding”, deyishdi. “Nimaga? Sabab nima?”, dedim. Savollarimga hech kim javob bermadi. Oradan 6-7 yil o‘tdi, lekin taqiq yechilmadi. Onam bilan bormagan joyimiz, taqillatmagan eshigimiz qolmadi. Lekin jo‘yali javob eshitmadik. “Zapret”ning sababini bilmaslik insonni tushkunlikka tushirib qo‘yadi. Ana o‘shanda men birinchi stressimni oldim va semirib keta boshladim. Muxlislarim qachon konsert qo‘yasiz, deb so‘radi, ularga javob bera olmasdim. Balki o‘sha vaziyatda ham ijodimni davom ettirishim kerak bo‘lgandir, lekin men tushkunlikka tushib qoldim, shokdan chiqib keta olmadim.



    Eng baxtli ayol kim?

    — Eng baxtli ayol oilani saqlab qola olgan ayol. Garchi puli bo‘lmasin, qimmat mashinasi, uyi bo‘lmasin, boringki chiroyli ko‘ylagi ham bo‘lmasin, lekin eri va farzandi bor ayol dunyodagi eng baxtli ayol deb hisoblayman.

    Ma’lumot uchun, Feruza Jumaniyozovaning xit qo‘shiqlaridan biri — “Yalla habibi” turli millat vakillari tomonidan o‘zbek tilida ijro etilgan. 
    Xususan, ushbu qo‘shiq arab millatiga mansub Leyla ismli qiz tomonidan ham kuylangan.


    Qo‘shiqning hindistonlik 15 yoshli Yumna Ajin ijrosidagi versiyasi ham ancha ommalashgan.


    14.02.2024, 15:50   Izoh (0)   74609
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Umra safariga ketgan Feruza Jumaniyozova, rossiyalik reperning Toshkentdagi konsertida “tomosha ko‘rsatgan” muxlislar, Parizodadan noodatiy raqs

    04.10.2022, 22:45

    Feruza Jumaniyozova “balkon”da, Yulduz Turdiyeva oynasiz uyda. Ijarada yashash nima ekanini yaxshi tushunadigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    05.01.2023, 20:47

    Otadan ayro hayot, farzand ko‘rish yo‘lidagi mashaqqatlar va ortiqcha vazn bilan kurash: Xonanda Feruza Jumaniyozova 39 yoshda

    15.02.2023, 13:15

    “2007-yilda zapretga tushdim, bu holatdan qattiq siqilib, semirib ketdim”. Feruza Jumaniyozova faoliyatidagi og‘ir damlar, ijodni boshlagan yillaridagi qiyinchilik...

    26.02.2023, 13:43

    Reyting: O‘zbekistondagi qaysi blogerning Instagram sahifasiga reklama joylashtirish narxi 6000 dollar? 

    13.02.2024, 22:59

    “Turmush o‘rtog‘im bilan birgadek tuyulamiz, aslida unday emas”. Yulduz Usmonova mehrga muhtojligi, o‘limni his etishi va Saida Mirziyoyevani yaxshi ko‘rishi haqid...

    13.02.2024, 11:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH elchixonalari xorijiy talabalarga viza berishni davom ettiradi

    Dunyo | 19 iyun, 11:13

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasiga yo‘l olmoqda — manba

    Sport | 19 iyun, 11:01

    “Aqlli” ko‘zoynak, restoran, krossovka: jahonga mashhur yulduzlar oddiy odamlarga qanday yordam beradi?

    Layfstayl | 19 iyun, 10:59

    O‘zbekistonda 20-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:45

    Eron Isroilga 20 ta raketa uchirdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 10:40

    “Do‘stlar” yulduzi Mettyu Perrining o‘limiga aloqador shifokorga 40 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda

    Shou-biznes | 19 iyun, 10:26

    “Bezosga bu yerda joy yo‘q”: Venetsiyada Jeff Bezos va Loren Sanchesning to‘yiga qarshi noroziliklar boshlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 09:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.