Qashqadaryo viloyatida isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan xonadonlar aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Shahrisabz shahar, Shahrisabz va Kitob tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Unda fuqarolar Z.N., S.I. va boshqalar o‘z uylarining yordamchi xo‘jaligida tashkil etgan yashirin sexlarda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotgani aniqlangan. Ushbu xonadonlardan jami 274 litr qo‘lbola yog‘, 421 kg chigit, 5 dona elektr dvigatel, juvoz uskunalari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
- Surxondaryoda ham iyun oyida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olingandi.
- Xorazmda bo‘lsa inson sog‘lig‘i uchun xavfli spirtli ichimliklarni tayyorlab kelgan shaxs faoliyatiga chek qo‘yilgan.
- Namanganda 550 million so‘mlik dori vositalari yo‘q qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)