• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Puma va Adidas tarixi. Dastlab birdamlikda boshlangan va keyinchalik aka-ukani yuzko‘rmas qilgan faoliyat haqida

    Siz brendlar haqida bilasiz, ammo ularning tarixi haqida xabaringiz bormi? Ular aslida biz o‘ylagandan ham bir-biriga yaqinroq bo‘lishi mumkin. 

    Bu ikki zavod, bir qarashda bir xil mahsulot ishlab chiqarayotgandek ko‘rinadi, ularning egalari esa bir-biri bilan janjallashib qolgan aka-ukalar. Aynan o‘sha janjal sabab, ular korxonani ikkiga bo‘lib, turli nomlar bilan atay boshlashadi. 

    Bu siz-u biz bilgan, Adidas va Puma brendlari haqida. 

    Foto: “Championat”

    Korxonaning ishga tushishi

    1898-yilda Dasslerlar oilasida uchinchi farzand — Rudolf dunyoga keladi. Ikki yil o‘tib, Adolf tug‘iladi. Bolalar yoshligidan kir yuvuvchi bo‘lib ishlaydigan onasiga yordam bergan. Ular kiyimlarni tozalagan, dazmollagan va toza kiyimlarni buyurtmachilarga yetkazib bergan. Keyinchalik bolalar oyoq kiyimlari zavodiga — otasining yoniga ishga o‘tgan. Birinchi jahon urushi boshlanganida, oilaning katta farzandlari urushga chaqirilgan. Adolf yoshi sabab urushga chaqirilmagan. Rudolf esa G‘arbiy frontga, Belgiyaga jo‘natildi va u yerda urushning so‘nggigacha qoldi. Adolf ham urush tugash arafasida frontga chaqirildi. 1919-yilning so‘nggida urushdan qaytdi. Vatanga qaytgach, u otasi bilan oyoq kiyimlar tikish bilan shug‘ullandi. O‘sha paytda, ayniqsa, nogironlar uchun oyoq kiyimlar juda talabgir edi. 

    Davlatdagi inqiroz va odamlarning iqtisodiy ahvoli tang ekanligi sabab, qimmat, sifatli mahsulot ishlab chiqarish befoyda edi. Shuning uchun ular oyoq kiyimini tikishda urushdan qolgan harbiy kiyimlar va ostiga mashina ballonlaridan foydalandi. 

    Rudolfning taqdiri o‘zgacha tus oldi. Urushdan so‘ng u Myunxenga yo‘l oldi. U yerda politsiya kursida o‘qidi va politsiya xodimi sifatida ishga kirdi, ammo u yerda ko‘p qolmadi. U sotuvchi sifatida turli kompaniyalarda ishladi, 1924-yilga kelib unga ukasi tomonidan sport oyoq kiyimlarini ishlab chiqarish taklifi tushdi. Albatta, korxonani tashkil qilish katta tavakkal ish edi, ammo Rudolf bunga rozi bo‘ldi. 
    Uning otasi bilan birgalikda ishlayotgan ukasidek katta puli yo‘q edi. Shuning uchun, u boshlang‘ich kapitalning bir qismi sifatida yozuv mashinkasini taqdim etdi. “Gebruder Dassler” (aka-uka Dasslerlar) nomli yangi oyoq kiyimlar tikilishida Rudolf sotuv bilan uning ukasi esa o‘z navbatida ishlab chiqarish bilan band bo‘ldi.  

    Foto: “Championat”

    Ilk muvaffaqiyat

    Aka-ukalarning oyoq kiyimlari sportchilar orasida tezda mashhurlikka erishdi, ayniqsa, Adolf yaratgan maxsus temirchilar tomonidan buyurtma asosida yasalgan “tishli” oyoq kiyimlar e’tiborga tushdi. Aynan oyoq kiyim “tish”lari sabab sportchilar yaxshiroq harakatlandi va ortopedik tagliklar poyabzalni qulayroq qilar edi. 1928-yilda aka-uka Dasslerlar bunday oyoq-kiyimlar uchun patent oldi. Bu paytda Rudolf ham bekor o‘tirmadi. Aynan uning tashabbusi sabab, 1928-yilgi Amsterdamdagi Olimpiada o‘yinlarida ko‘p sportchilar ular ishlab chiqargan mahsulotlarni tanladi. Keyingi Olimpiada o‘yinlarida, nemis atleti Dassler oyoq kiyimida medalga erishdi. 

    Kompaniyaning rivojlanishiga Germaniyada hokimiyatning o‘zgarishi yordam berdi; Milliy sotsialistik ishchilar partiyasi hukmron partiyaga aylandi. Bu partiya sportga katta e’tibor berar, shuning uchun aka-uka kompaniyasi yaratgan poyabzallarga talab yanada oshdi. 1936-yilda Berlinda Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va aka-uka yana bir dadil qaror qabul qildi: ular Amerikadan kelgan qora tanli sportchi Jessi Ouens bilan shartnoma tuzdi. Irqlararo nikoh taqiqlangan va Reynlandda yashovchi qora tanli Antanta askarlarining farzandlari majburiy sterilizatsiya qilingan mamlakatda bunday hamkorlik haqiqatan ham xavfli edi. Ammo bu tavakkal o‘zini oqladi, Jessi yangi poyabzalda to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritdi va jahon rekordini o‘rnatdi, bu aka-ukalarni butun dunyoga mashhur qildi. Kompaniya borgan sari muvaffaqiyat qozondi, aka-uka ko‘proq ishchilarni yollash imkoniyatiga ega bo‘ldi va shuning uchun ular ijaraga olgan binoni sotib oldi va uchinchi qavatni ham qo‘shdi, keyinchalik yana bir korxona ochildi.

    Korxona kuniga 1000 juft ishlab chiqargan va 11 yo‘nalish bo‘yicha musobaqalarda qatnashayotgan sportchilarni poyabzal bilan ta’minlagan.

    Foto: “Championat”

    Bo‘linish 

    Shu bilan birga, birodarlar o‘rtasida birinchi jiddiy kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi, 1933 yilda ikkalasi ham mamlakatda hukmron partiyaga a’zo bo‘ldi. Adolf o‘z mamlakatining mafkurasiga shubha qila boshladi, akasi uning fikriga qo‘shilmadi va bu birinchi mojaroga sabab bo‘ldi. Ikkinchi Jahon urushi kompaniyaga jiddiy zarba berdi, inqiroz boshlandi, ikkinchi zavod yopilish ostonasiga keldi, uni saqlash uchun pul yo‘q edi. Ikkala aka-uka yana safarbarlikka chaqirildi, kompaniya harbiylar uchun poyabzal ishlab chiqarish uchun davlat foydasiga musodara qilinadi. Ammo ishlab chiqarishni kerakli miqyosda yo‘lga qo‘yib bo‘lmadi, shuning uchun Adolf muntazam armiyadan chaqirilib, u bir vaqtning o‘zida zavodga ham rahbarlik qiladi. 

    Rudolf yanada qiyinroq sinovlarni boshidan kechirdi, frontga bormaslik uchun u tungi shabko‘rlik vajini keltirdi, ammo bu yordam bermadi, uni Polshaning Tuszin shahridagi matn terish byurosiga tayinlashdi. 1945-yilda u yerdan qochib ketdi, lekin Gestapo tomonidan hibsga olindi, uni konslagerga yubormoqchi bo‘lishadi, ammo u yerga yetkazilishi kerak bo‘lgan paytda, yo‘lda uni amerikalik askarlar ozod qilgan. Rudolfning muammolari shu bilan tugamadi, urush tugaganidan keyin u yana hibsga olindi. Bu safar Rudolf gestapo bilan hamkorlik qilgani uchun hibsga olinadi. 

    Hibs

    Hibsga olish paytida Rudolfga uning ustidan shikoyat qilingani haqida aytishadi. U esa o‘z navbatida ukasidan shubhalanadi. Adolfga qarshi denatsifikatsiya jarayoni boshlanganini bilib, u guvohlik bera boshladi. U ularning zavodida Adolf tashabbusi bilan harbiy texnika ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani va uning akasi ishchilarning oldida nutq so‘zlash bilan shaxsan shug‘ullanganligini aytib o‘tdi. Adolfning sobiq partiya bilan kelishmovchiliklari va uning sportga bo‘lgan muhabbati, aynan shuning uchun korxonaning faoliyatini yo‘lga qo‘yganiga qaramay, ikki yilga shartli qamoq jazosini oldi. Shundan so‘ng zavod xokkey konkilarini ishlab chiqarishga va ularni AQShga yuborish bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ldi, ishlar asta-sekin yaxshilandi va ishchilar avvalgidek ish haqi o‘rniga o‘tin va iplar olmasdan, moddiy haq olishni boshladi. 

    Ammo aka-uka o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashishda davom etdi; 1948-yilda otasi vafotidan keyin ular ishlab chiqarishni taqsimlashga qaror qilishdi. Xodimlarga tanlash huquqi berildi va ko‘pchilik Adolf bilan qolishga qaror qildi. Ular alohida chap va o‘ng krossovkalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonalarni tuzishdan ko‘ra, alohida kompaniyalar tuzishga qaror qilishdi. Shunday qilib, bir-biriga juda yaqin bo‘lgan bir shaharda ikkita raqobatchi zavod paydo bo‘ldi — Adolf Dasslerdan Adidas va Rudolf Dasslerdan Ruda, keyinchalik kompaniyalar Adidas va Puma nomi bilan mashhur bo‘ldi. Kichik uka eski binoda qoldi va Rudolfga sodiq ishchilar esa urush paytida yopilishiga majbur bo‘lgan yangi binoga ko‘chdi. 

    Yolg‘izlikdagi faoliyat

    Har bir kompaniya bir-biridan ustun bo‘lishga intildi, birodarlar o‘rtasida haqiqiy “jang” ketdi, raqobatdosh fabrikada ishlagan ishchilar bir-biri bilan bir stolda o‘tirishdan bosh tortishgacha borishdi. Shahar tom ma’noda ikkita lagerga bo‘lingan. Kompaniyalar shiorlar va sanoat josusligida gumon qilib, muntazam ravishda bir-birlarini sudga berardi. Rudolfning poyabzalida birinchi marta almashtiriladigan “tishlar” paydo bo‘ldi, va ularni mahalliy ligalardagi futbol klublari o‘rtasida tarqatishni boshladi, 1954-yilgi Jahon chempionatidan oldin terma jamoa vakillari unga jamoani butsa bilan ta’minlash uchun kelishdi, ammo kompaniya bunday katta buyurtmani bajarish qobiliyatiga ega emas edi.

    Foto: “Championat”

    Natijada, Adolf terma jamoani oyoq kiyim bilan ta’minladi va u final o‘yinida jamoa bilan zaxira o‘rindig‘ida o‘tirdi va aynan u o‘yinchilar oyoq kiyim “tishlar”ini almashtirishiga shaxsan mas’ul bo‘ldi, aynan yangi “tishlar” nemislarning g‘alabasida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, Adolf Olimpiya qo‘mitasi bilan stadionlarda reklama joylashtirishga rozilik oldi. Ikkala aka-uka ham o‘z o‘g‘illarini ishlab chiqarishga faol qo‘shdi; shu orada Rudolfning o‘g‘li Armin va Adolfning o‘g‘li Xorst yashirin kelishuvga kelishdi: ular bir-birlarining sportchilarini o‘g‘irlamaslikka, shuningdek, reklama narxlari oshib ketmasligi uchun Pele bilan shartnoma tuzmaslikka kelishib oldi. Ammo Puma terma jamoaning deyarli barcha futbolchilarini jalb qilganida, Armin kelishuvni buzdi va Pele bilan shartnoma imzoladi.  Shundan keyin oilaviy dushmanlik Dasslerlarning keyingi avlodlariga tarqaldi. Oxir-oqibat, Braziliya Jahon Kubogini qo‘lga kiritdi va Pelening shartnomasida alohida banga ko‘ra, u o‘yinlardan biri boshlanishidan oldin, butun dunyo uning oyog‘ida nima borligini ko‘rishi uchun uning bog‘ichini markaziy aylanada bog‘lashi kerak edi.

    Aka-ukalar bir necha bor yashirin uchrashuvlar o‘tkazishganiga qaramay, ular hech qachon yarashmagan. Ko‘p o‘tmay Rudolfga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yildi, o‘limidan oldin ruhoniy Adolfga qo‘ng‘iroq qildi va uning kelishini so‘radi, Adolf rad etdi, lekin ruhoniy orqali Rudolfga uni kechirganini yetkazishini so‘radi. Biroz o‘tib, Rudolf vafot etdi. Adidas kompaniyasi rasmiy bayonot berdi: “Adolf Dasslerning oilasi Rudolf Dasslerning o‘limi haqida hech qanday izoh berishni xohlamaydi”. U akasining dafn marosimida ko‘rinmadi o‘zi ham to‘rt yil o‘tgach, u insultdan so‘ng o‘zini tiklay olmadi va vafot etdi. Aka-uka o‘z shaharlarida, bir qabristonda, ammo turli taraflarga dafn etilgan va endi hech kim ularning janjaliga nima sabab bo‘lganini hech qachon bilmaydi. 

    Erkin G‘aybullayev tarjimasi

    15.02.2024, 00:14   Izoh (0)   24456
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qadrdon butsi, futbolga kirib kelishdagi to‘siqlar va go‘zal Jenni. Maradona emas, Ronaldoga havas qilgan neapollik “pakana” — Lorenso Insinye haqida

    05.06.2021, 00:18

    Sport tarixidagi eng buyuk shaxsning so‘nggi g‘alabasi. Muhammad Alining halokatli revansh jangi haqida

    03.06.2022, 23:50

    “10 ming kilometr bosib, odam o‘ldirgani bormayman”. Armiyaga borishdan bosh tortgani uchun sudlangan boks qiroli Muhammad Ali 

    20.06.2023, 23:40

    Ishlatilgan, yaroqsiz tennis to‘plari turnirdan keyin qayerga ketadi?

    14.02.2024, 16:26

    Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi turnirning yarim finalida Magnus Karlsenga qarshi dona suradi 

    13.02.2024, 12:05

    Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi turnirda Magnus Karlsenni mag‘lub etib, saralash bosqichi g‘olibiga aylandi

    10.02.2024, 21:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    World Boxing. Musobaqaning ikkinchi kuni 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi

    Sport | 14 may, 14:19

    Toshkentdagi omborda yirik yong‘in yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 14 may, 14:14

    Dunyodagi eng qimmat yong‘oqlardan biri — makadamiya nimasi bilan foydali?

    Layfstayl | 14 may, 14:04

    “Uchrashuv siyosiy g‘alaba bilan tugashi kerak”: Zelenskiy Putin bilan nimalarni muhokama qiladi?

    Dunyo | 14 may, 13:57

    “Pokiston urush istamaydi, lekin suverenitetini himoya qiladi” — Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi

    O‘zbekiston | 14 may, 13:51

    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!

    Reklama | 14 may, 11:55

    “O‘zavtosanoat” Damas zavodida ishlab chiqariladigan yangi avtomobil yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 may, 13:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.