• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “10 ming kilometr bosib, odam o‘ldirgani bormayman”. Armiyaga borishdan bosh tortgani uchun sudlangan boks qiroli Muhammad Ali

    Boks qiroli Muhammad Ali o‘z faoliyatining yuqori cho‘qqisiga erishganda duch kelgan holati haqida o‘ylasak, dunyo oxirgi 50 yilda qanchalik o‘zgarganini his qilamiz. Butun insoniyat tarixini olib qaraydigan bo‘lsak, bu voqeaga juda uzoq vaqt bo‘lmadi. Muhammad Ali AQSh qurolli kuchlari safida xizmat qilishdan bosh tortgan. Shu tariqa u Amerika armiyasi qatnashayotgan Vyetnam urushiga borishdan qutulib qolgan. Armiyaga borishdan bosh tortgani uchun unga qarshi jinoiy ish ochilgan va roppa-rosa 56 yil oldin sud hukmi o‘qilgan edi. 

    Jinoiy ish

    AQShda 50—100 yil avval armiyaga bormaslik va urushda qatnashmaslik masalasiga juda jiddiy qaralar edi, hozir ham turli davlatlarda yosh yigitlarni qo‘rqitish ishlari davom etyapti. Kimlardir qo‘rquv tufayli armiyaga borishdan bosh tortishi mumkin, lekin Muhammad Ali bilan bunday holat kuzatilmagan. Unda boshqa motivlar bor edi. Hozir bu oddiy holdek tuyulishi mumkin, ammo 1967-yil 28-aprel kuni bu tizimga qarshi dastlabki qadam edi. Ali tavakkal qilib bu ishga qo‘l urdi va g‘alaba qozondi.

    1967-yil 28-aprel. Muhammad Ali AQSh armiyasida xizmat qilishdan bosh tortgani uchun professional boksning og‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamaridan mahrum qilindi.
    Foto: AP

    Luiziana chaqiruv komissiyasiga kelib uni armiyaga olmasliklari uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani qildi. AQSh prezidenti so‘ralgan joyga Uilyam Shekspir deb yozib, anketani noto‘g‘ri to‘ldirdi. Harbiy qasamyod qilish uchun safga turishdan ham bosh tortdi. Uni eski ismi — Kassius Kley deb chaqirishsa ham indamasdan turaverdi.

    Armiyaga borishdan bosh tortgani uchun unga qarshi jinoiy ish ochildi va 1967-yil 19-iyunda sud bo‘lib o‘tdi. 25 yoshli bokschining sud qarshisida aytgan so‘zlari:

    Men vyetnamliklar bilan urishganim yo‘q, ularga hech qanaqa qarshiligim yo‘q. Ular menga yomonlik qilmadi, “negr” deb atamadi, huquqlarimni cheklab qo‘ymadi. Meni qamoqqa yubormoqchimisiz — bemalol. Lekin bechora va baxtsiz insonlarni o‘ldirish uchun 10 ming kilometr yo‘l bosib u yerga bormayman. Yaxshisi qamoqda o‘tiraman va sizlar bilan jang qilib o‘laman. Aynan sizlar mening ozodligim yo‘lida to‘siq bo‘lib turibsiz, boshqalar bilan bir xil bo‘lishimni xohlamaysiz, mening diniy huquqlarimni hurmat qilmaysiz. Vyetnamliklar bilan esa hech qanaqa muammom yo‘q.

    Muhammad Ali

    Hakamlar hay’atiga bu so‘zlar ta’sir qilmadi va ular Alini aybdor deb topdi. 20-iyun kuni sud hukmi o‘qildi. Aliga 5 yillik qamoq jazosi berildi, undan tashqari 10 ming dollar jarima va AQShdan chiqib ketmasligi uchun pasporti ham olib qo‘yildi.

    Muhammad Ali 1967-yil 28-aprelga qadar erishgan chempionlik kamarlaridan (WBA, WBC, The Ring) mahrum bo‘ldi. Bunga javoban: “Men kamarlar uchun ringda jang qilganman. Ular uyda yotibdi. Ularni faqatgina ringda yo‘qotishim mumkinligi haqida yozilgan”, — dedi Ali.

    Bo‘lishi mumkin bo‘lganlarning eng yaxshisi

    Muhammad qamoqqa olinmasligi uchun advokatlar ancha ter to‘kdi. Natijada Ali boshqa sabab bilan — haydovchilik guvohnomasida ko‘rsatilmagan kategoriyadagi mashina haydagani uchun 10 kun qamoqda o‘tirdi.

    Apellyatsiya berish uchun o‘tgan bir necha yilda amerikaliklarning vyetnamliklarga nisbatan munosabati o‘zgardi, Ali vatan xoini emas, aksincha qahramonga aylandi. Shunda ham uni sotqin deydiganlar topilardi.

    1967-yildan 1970-yilga qadar Ali jang qilish huquqidan mahrum bo‘ldi, shunda ham u xalq nazaridan tushmadi. U Universitetlarga ma’ruza o‘qish uchun borar, bu uchun gonorar olar edi. Mayamida masjid qurilishida ishtirok etdi. O‘z nomi ostida “burgerxona”lar qurilishiga rozi bo‘ldi. Hattoki “Buck White” musiqali filmda ishtirok etib, o‘z aktyorlik qobiliyatini sinab ko‘rishga ham ulgurdi. “The Greatest” nomli avtobiografiya yozdi. Qisqa vaqt ichida Muhammad Ali mo‘maygina daromad qildi.

    Muhammad Ali AQSh armiyasida xizmat qilishdan bosh tortgani uchun ayblanganidan so‘ng qurolli kuchlar binosi oldida. Texas, Hyuston, 1967-yil 20-iyun.
    Foto: AP

    Qaytish

    Lekin chempion jang qilishni xohlardi. 1970-yilda unda jang qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Jorjiya shtatida atletika komissiyasi yo‘q edi, jang qilish uchun mahalliy boshqarmaning ruxsatigina kerak edi, xolos. Alining jamoasi uni qo‘lga kiritdi va 26-oktabrda u ringga qaytdi. Muhammad 3-raundda Jerri Kuorrini nokautga uchratdi.

    1971-yil mart oyida amaldagi chempion Jo Freyzerga qarshi ringga chiqdi. O‘sha yili undan barcha ayblovlar olib tashlandi. Uning ishi yuqori sudgacha yetib borgan va ular shunday qaror chiqargan edi. Freyzerga qarshi jangga Ali hali to‘liq tayyor emasdi va hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi.

    Muhammad Ali Jo Freyzerga qarshi. 1971-yil 8-mart
    Foto: AP

    Bu jangni muxlislar ancha avval kutishgan edi. Chunki Ali ringga chiqa olmay yurgan vaqtlarda yangi chempionga yaxshi munosabatda bo‘lmagandi. Tresh-tok (raqibga nisbatan haqoratomuz munosabatda bo‘lish) o‘sha vaqtlarda Ali sabab urf bo‘la boshlagan. 1974 va 1975-yillarda Muhammad Freyzer ustidan ikki marta g‘alaba qozongan.

    Muhammad Alining eng mashhur janglari Vyetnam urushiga bosh tortgandan keyin bo‘lib o‘tgan. Bu voqea tufayli u 3 yilini yo‘qotdi, lekin shunda ham vaziyatdan g‘olib sifatida chiqib ketdi. U raqibing qanchalik kuchli bo‘lib ko‘rinmasin, kurashishdan qo‘rqmasang, albatta g‘olib bo‘lishingni ko‘rsatib berdi.

    20.06.2023, 23:40   Izoh (0)   13416
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup—2023 finalida Eronga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi 

    20.06.2023, 22:36

    U-17 Osiyo Kubogi—2023. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etdi

    20.06.2023, 21:57

    Kilian Mbappe fransiyalik futbolchilar orasida rekord o‘rnatdi

    20.06.2023, 16:16

    Alamli mag‘lubiyatlar, Ali Dayining het-triki va 11 o‘yinda 2 ta gol. O‘zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi o‘yinlari haqida

    20.06.2023, 13:29

    Superliganing 13-tur o‘yinlari boshlanish vaqtlari va unda ishlaydigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

    20.06.2023, 10:44

    Maqsadi sari faqat olg‘a yuradigan, hayot qiyinchiliklarini yenga olgan afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina 48 yoshga to‘ldi

    19.06.2023, 23:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Meksikada tashlandiq uydan 32 ta bo‘laklangan jasad topildi

    Dunyo | 5 avgust, 22:05

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.