Germaniyada Fisher nomidagi Freestyle Chess G.O.A.T Challenge shaxmat turniri o‘z yakuniga yetdi.
Ushbu turnida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.
Nodirbek 8 ta tur yakuniga ko‘ra, 5,5 ochko jamg‘ardi va musobaqaning saralash bosqichi g‘olibiga aylandi.
U so‘nggi turda Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.
Abdusattorov musobaqa davomida Alirizo Firuja, Magnus Karlsen, Gukesh va Ding Lirenni mag‘lub etgan bo‘lsa, Vinsens Keymer, Fabiano Karuana, Levon Aronyan bilan durang o‘ynadi.
Endi u asosiy bahslarni 1-o'rin sifatida boshlaydi.
Izoh (0)