Rossiyaning yirik desant kemasi “Sezar Kunikov” dron hujumi natijasida yo‘q qilindi. Bu haqda Ukraina razvedkasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kemaga hujum Ukraina razvedkachilari, xavfsizlik va mudofaa kuchlarining hamkorligida amalga oshirilgan.
“Muvaffaqiyatli missiyani Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasining 13-guruh maxsus kuchlari amalga oshirdi. Maxsus operatsiyani amalga oshirishda United24 platformasi ko‘mak berdi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Rossiya kemasiga zarba vaqtincha bosib olingan Qrim qirg‘oqlaridagi “Magura V5” dengiz hujumchi dronlari tomonidan berilgan. Natijada “Sezar Kunikov” chap bortidan zarbalar olgan va cho‘kishni boshlagan.
“Kemaga ismi qo‘yilgan rus zobiti roppa-rosa 101 yil oldin o‘ldirilgani ramziy ma’noga ega”, — deya ta’kidlaydi Ukraina razvedkasi.
Rossiya Mudofaa vazirligi 14-fevralga o‘tar kechasi faqat Qora dengiz uzra oltita dron “tutib olingani va yo‘q qilingani” haqida xabar bermoqda.
Ukraina razvedkasi “Sezar Kunikov” o‘z bortida 87 nafar ekipaj a’zosini sig‘dira olishi va “bosqinchilarni qidirish va qutqarish operatsiyasi muvaffaqiyatli bo‘lmagan”ini ta’kidladi.
Izoh (0)