Xorazmda 81 tup daraxt kesgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, huquqni muhofaza qilish organlari hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat hududida qimmatli va kam qimmatli daraxtlarni kesilishi hamda shikastlantirilishi bilan bog‘liq holatlarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida Xorazm viloyati, Gurlan tumanida joylashgan “X.O.” fermer xo‘jaligi rahbari N.X. tomonidan 81 tup tabiiy holda o‘suvchi, biologik sog‘lom turong‘il daraxtlari noqonuniy kesilganligi aniqlanib, tabiatga 618,1 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan “X.O.” fermer xo‘jaligi rahbari N.X ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)