• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Kastro klani himoyasi ostida”. O‘z hayotini sir saqlaydigan va komandante oilasiga sodiq prezident — Migel Dias-Kanelning hokimiyatga kelishi

    Migel Dias-Kanel 2018-yilning aprelida 86 yoshli Raul Kastro o‘rnini egallab, Kuba yetakchisiga aylandi. “Dias-Kanelning xizmat pillapoyasi bo‘ylab sekin, ammo to‘g‘ri ko‘tarilishi sotsializmga bo‘lgan ishonchi sabab amalga oshdi — u mahmadona va improvizator emas. Parlament qarshisida chiqish qilar ekan, Fidel kabi jo‘shqin yoki Raul Kastro kabi jiddiy bo‘lmasa-da, o‘zidan oldingilar kabi ko‘plab inqilobiy tezirlarni takrorladi”, — deb yozgandi The New York Times gazetasi.

    Migel Dias-Kanel (o‘rtada)
    Foto: Getty Images

    Kubaning eng badavlat insonlari

    Kubaning bo‘lajak prezidenti maktab o‘qituvchisi va oddiy ishchi oilasida dunyoga keldi. U universitetni tamomlab, muhandis sifatida ishladi va talabalarga ma’ruza o‘qishni boshlaydi. Ammo Migelni faqat siyosat qiziqtirardi: u bu yo‘nalishdagi karyerasini Yosh kommunistlar ittifoqida boshlashga qaror qiladi. Aynan o‘sha yerda u aka-uka Kastrolar bilan tanishadi hamda Raulning tansoqchisiga aylanadi. Komandante va uning ukasi yosh kommunistning sodiqligi va inqilob g‘oyalariga bo‘lgan ishonchiga darhol e’tibor qaratadi.

    Muvaffaqiyat uzoq kuttirmadi. Dias-Kanel yuqori lavozimlarni tez-tez almashtira boshladi: avvalida Vilya-Klara rahbariga aylandi — viloyat Kommunistik partiyasining birinchi kotibi bo‘ldi. U ishga velosipedda borar, jinsi kiyib, uzun soch qo‘yib yurardi.

    1990-yillar boshida siyosatchi Kuba Kommunistik partiyasi funksioneriga, 2009-yilda Davlat kengashi raisi va Kuba Vazirlar Kengashi o‘rinbosariga aylandi. Xalq orasida Raul ketganidan keyin Dias-Kanel uning o‘rnini egallashi haqida gap-so‘zlar tarqaydi. Biroq bu kabi xulosalarga hali erta edi: uning bir qancha raqiblari bo‘lib, ularning barchasi Kastrolar klani a’zosi hisoblanardi.

    Fidel va Raul Kastrolar
    Foto: AP Photo

    Avval boshida Raulning o‘g‘li, Kuba Qurolli Kuchlari polkovnigi Alexandro Kastro Espin merosxo‘rlikka da’vo qiladi, ammo bu sodir bo‘lmadi. Uni nima sababdan xushlamay qolishgani haqida turli mish-mishlar mavjud, biroq haqiqatni bilishning imkoni yo‘q: Kastroning to‘ng‘ich o‘g‘li oilasining shaxsiy hayotini qattiq qo‘riqlaydi.

    Yana bir nomzodlardan biri Raulning sobiq kuyovi — Luis Alberto Rodriges edi, hozirda u Kuba iqtisodiyotining katta qismini nazorat qiladigan bizneslar guruhiga egalik qiluvchi Gaesa harbiy konsorsiumiga rahbarlik qiladi: xorijiy investitsiyalar, bojxona, xorijdan pul o‘tkazmalari, qurilish kompaniyalari, mehmonxonalar.

    Rodriges mamlakatda golf-klub yoki mehmonxona qurishga ruxsat berishni shaxsan o‘zi hal qiladi, shu boisdan har kuni u orqali katta pul o‘tadi.

    U Raulning qizi Deboraga uylangan edi, ammo 2012-yilda ayol ajrashishga qaror qiladi. Mahalliy OAV Luis unga doimo xiyonat qilib kelgani va tez-tez kaltaklab turgani haqida yoza boshlaydi. Kastroning o‘g‘li singlisining yonini olganiga qaramay, noma’lum sabablarga ko‘ra, oxir-oqibat u kuyovi tomonni tanlaydi. Luis Alberto Siyosiy byuroga kiradi, ammo yuqori lavozimni egallamaydi.

    Raulning o‘rnini egallashi kutilgan navbatdagi inson uning sevimli nabirasi edi — Debora va Lopes-Kalyexasning o‘g‘li. Raul Gilyermo Rodrigese Kastro oltita barmoq bilan tug‘ilgan, shu sababdan uni “krab” deya chaqirishadi. Bolakay katta bo‘lgach, Kuba yetakchining shaxsiy tansoqchisiga aylandi va yana bir laqabga ega bo‘ldi — “supernabira”.

    Kubaning sobiq prezidenti Raul Kastro nabirasi Gilyermo Rodriges Kastro hamrohligida
    Foto: AP Photo

    Raul Gilyermo bo‘sh vaqtida badavlat kubaliklar va xorijiy mehmonlarni qo‘riqlash bilan pul ishlaydi. Bir vaqtlar qo‘shiqchi Beyonse Kastroning nabirasi bilan suhbatdan hayratga tushganini aytgandi. Natijada “supernabira” davlat rahbarligi kursisi o‘rniga butun boshli tansoqchilar jamoasiga ega bo‘ldi.

    Bundan tashqari, Gavanadagi mashhur klublardan birining chorak aksiyasi Raulga tegishli. U yerga kirgan badavlat fuqarolar bir kechaning o‘zida minglab dollarni ko‘kka sovuradi, bu vaqtda esa oddiy kubaliklarning oyligi 100 dollarni tashkil etadi.

    Inqilob g‘oyasi himoyachisi

    Oxir-oqibat Raul Kastro Migel-Dias Kanelni boshqa nomzodlardan ko‘ra ishonchli deya hisoblab, uni o‘ziga davomchi sifatida tanladi. “U har bir lavozimda xotirjam inson, biroq o‘zgarishlarga tayyor samarali yetakchi sifatida tasavvur uyg‘otdi. Ko‘pchilik u yaxshi tinglay oladi desa, ba’zilar esa qattiqqo‘llik va kibr begona bo‘lgan partiya yetakchisi derdi. U inqilob g‘oyalari va tamoyillarining haqiqiy himoyachisi edi”, — deb yozgandi g‘arb OAVlari.

    Raul Kastrodan partiya boshqaruvini olgan Migel Dias-Kanel
    Foto: BBC

    Sobiq yetakchining fikricha, Dias-Kanel prezidentlik lavozimida ikki muddat — jami 10 yil o‘tiradi.

    Ko‘pchilik yosh kommunistdan o‘qish yillaridayoq yuz o‘girgandi, o‘shanda u Zigmund Freyd tadqiqotlari bilan qiziqqan kursdoshlarining institutdan haydalishini qo‘llab-quvvatlagan. Ammo hozirda u yoshlarga yaqin, konsertlarga boradi, intellektual elita bilan muloqot qiladi. “Men bilgan odamlarning barchasi u haqida yaxshi fikrda. Yangi prezidentning ham o‘g‘li, musiqachi. U Argentinada yashaydi”, — degan edi AQSHga qochgan kubaliklardan biri.

    Kuba prezidenti liberal sifatida tanilgan, shu bilan birga ko‘pchilik uni ikkiyuzlamachi deb ataydi. Muxoliflari Migel benzin bilan muammolar yuzaga kelganida velosiped minishga o‘tib ketganini ham tanqid qilib keladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, konditsioner o‘rnatilgan yaxshi mashina uni ortidan kuzatib yurgan — tabiiyki uning ichida tansoqchilari bor.

    Fidelning ikki xil hayoti

    Raul Kastro hokimiyatdan ketib, Santyago-de-Kubadan 100 kilometr uzoqlikdagi tarixiy vatanidagi hashamatli uyiga ko‘chib o‘tganidan keyin xalq orasida norozilik boshlandi. Fidel Kastroning hayotiga oid maqolalar esa undan ko‘proq e’tirozlarni yuzaga keltirdi. Komandantega 17 yil tansoqchilik qilib, keyinchalik Meksika orqali AQSHga qochgan Xuan Reynaldo Sanches “Fidel Kastroning ikki xil hayoti” degan kitob yozdi. Kitobda Kuba inqilobi yetakchisining ko‘plab ko‘chmas mulklari borligi qayd etilgandi. Xususan, Kayo-Piedra xususiy oroli ham aslida unga qarashli bo‘lgan — u yerda katta villa joylashgan bo‘lib, bino fil suyaklari bilan bezatilgan va shaxsiy delfinariyasiga ega. Fidel qarorgohida basketbol maydonchasi, bandargoh va xususiy tibbiyot markazi ham borligi aytiladi.

    Fidel Kastro
    Foto: Getty Images

    2006-yilda Forbes jurnali Kastroning boyligini 900 million dollarga baholaydi va uni zamonaning eng badavlat diktatorlari qatoriga kiritadi. Siyosatchining o‘zi haqiqiy raqam 900 ekani, ammo million dollarda emas, balki pyesoda ekanini (40 dollardan ko‘proq), ko‘chmas mulklari orasida esa Gavanadagi kvartiradan tashqari, “baliqchilar kulbasi” borligini aytardi. Sobiq tansoqchi Fidel rasmiy uyini odamlar e’tibori uchun band qilib, aslida hashamatli villada umrguzaronlik qilishi haqida yozgan.

    Sanches Kastroning 20 ta ko‘chmas mulki, shuningdek, qimmatbaho yog‘och bilan qoplangan Aquarama II yaxtasi borligini yozgan. Tansoqchiga ko‘ra, komandantening avtoparki qimmatbaho mashinalarga to‘la bo‘lgan, ular orasida esa sevimlisi Mercedes’dir.

    Kitob muallifining so‘zlariga ko‘ra, yetakchining Shveysariyani qimmatbaho Rolex soatlari kolleksiyasi bo‘lgan, u Kuba romi o‘rniga Shotlandiya viskisini ichgan. Ammo Fidel mahalliy sigaralarni ma’qul ko‘rar va ularni olmoslar bilan bezatilgan portsigarda saqlardi.

    Sobiq tansoqchining aytishicha, Kastro bu kabi dabdabali hayot uchun pulni marixuana va kokain kontrabandasidan olib kelgan. Kuba Lotin Amerikasidan AQSHga yetkaziladigan giyohvand moddalar uchun tranzit punkt hisoblanadi.

    Kastrizm va qashshoqlik

    Migel Dias-Kanel o‘zidan oldingi yetakchilarning xatolarini hisobga oldi va hozirda shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni qattiq yashiradi. U haqida deyarli hech nima yo‘q. Siyosatchining birinchi turmushidan ikki farzandi bor bo‘lib, ayni vaqtida u ikkinchi marta uylangan rafiqasi bilan yashaydi. Kubaning amaldagi rahbari boshqa mamlakatlar rahbarlari kabi sharoitda yashashini ko‘rsatishga urinadi.

    Kubaliklar hayoti Raul Kastro davridayoq — Vashington va Gavana o‘rtasida iliqlik yuzaga kelganida o‘zgarishni boshladi: Kastro va Barak Obama telefon orqali muloqot qildi, keyin esa uchrashuv o‘tkazdi. Amerika hukumati “Ozodlik oroli”ni terrorizmga homiylar ro‘yxatidan chiqarib tashladi, model Naomi Kempbell Fidel Kastroning o‘g‘illari bilan Gavana ko‘chalarida suratga tushdi, Kuba poytaxtiga AQSH bayroqlari ilindi, afsonaviy Rolling Stones guruhining konserti bo‘lib o‘tdi. Ko‘pchilik AQSH 1960-yillarda joriy etilgan iqtisodiy embargoni bekor qilishini kutgandi, ammo bunday bo‘lmadi. Donald Tramp prezidentligi davriga kelib Kubaga nisbatan siyosat yana qattiqlashdi.

    Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel rassom Yosvani Martinesning ko‘rgazmasida
    Foto: “RIA Novosti”

    Shunday bo‘lsa-da, kubaliklar Raul boshqaruvi davrida internet va mobil aloqadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi, mahalliy aholiga xorijliklar yashaydigan mehmonxonalarda qolishga, shuningdek, kema va yaxtalarda turistik yo‘llanmalarni xarid qilishga ruxsat berildi. Kastroning ukasi davrida ko‘chmas mulk va avtomobillar savdosiga ruxsat etildi.

    Migel Dias-Kanelning kelishi esa Kubada radikal o‘zgarishlarni boshlab bermadi. Davlatda navbatdagi iqtisodiy qulash boshlandi. Pandemiya ham orolga jiddiy zarar yetkazdi. Vashingtonning yangi sanksiyalari esa vaziyatni yomonlashtirdi.

    Raul katta siyosatdan ketgan bo‘lsa-da, Kubada kastrizm — sotsializmni qurish borasidagi g‘oyaga rioya qiladigan hukumat tomonidan boshqariluvchi siyosat va iqtisod saqlanib qolgan. Migel Dias-Kanel esa bunga biror chora ko‘rmay, vaziyatni kuzatib boryapti xolos.

    03.02.2024, 19:50   Izoh (0)   15487
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hashamatli hayot, “meros qolgan” million dollar va korrupsion sxemalar. Turkiya tarixidagi yagona ayol bosh vazir Tansu Chiller taqdiri

    20.01.2024, 20:00

    “O‘zini birinchi xonim deb hisoblardi”. Rafiqasini qamoqdan qutqarib qololmagan va xalq dushmaniga aylangan SSSR hukumati rahbari Molotov taqdiri

    27.01.2024, 21:08

    “Taxtdagi odamovi”. Saroyda yashashni istamagan va o‘zini oddiy professor hisoblagan yevropalik diktator — Salazar taqdiri

    31.01.2024, 19:57

    Finlyandiya Rossiya bilan chegarani ochishdan bosh tortdi

    03.02.2024, 19:35

    Shimoliy Koreya “ultra-katta” kallaklar bilan jihozlangan qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi

    03.02.2024, 18:35

    OAV: Kiyev Oq uyni Zalujniyning ishdan olinishi haqida xabardor qilgan. AQSH bu qarorni qo‘llab-quvvatlamadi

    03.02.2024, 17:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.