• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “O‘zini birinchi xonim deb hisoblardi”. Rafiqasini qamoqdan qutqarib qololmagan va xalq dushmaniga aylangan SSSR hukumati rahbari Molotov taqdiri

    Vyacheslav Molotov 10 yil davomida SSSR hukumatiga rahbarlik qildi va 40 yildan ortiq eng yuqori lavozimlarda faoliyat yuritdi.

    Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill Molotovni “Sibir qahratoni kabi sovuq tabassumi, yaxshilab o‘ylab so‘ng gapiradigan dono so‘zlari va o‘ziga xos odobi bilan sovet siyosatchisining ideal varianti” deb atagandi.

    Hayotligi davomida SSSRdagi 38 ta aholi punktiga uning nomi berildi. Sovet Ittifoqining birinchi xonimi hisoblangan rafiqasi bilan u turli imtiyozlardan foydalanar, davlat kvartirasi va dachasida yashardi. Ammo hokimiyatdan ketishi bilan sobiq amaldor ularning barchasidan mahrum bo‘ldi.

    Foto: AP Photo

    “Urush urush bilan, manikyur esa reja bo‘yicha”

    “1941-yilning 22-iyun kuni Qrimda edik. Erta tongda Vyacheslav Mixaylovich rafiqasi Polina Semyonovaga Moskvadan qo‘ng‘iroq qilib, zudlik bilan poytaxtga yetib kelishimizni aytdi. U xotirjam holda narsalarini yig‘ishtirishga kirishdi. Keyin esa Polina Semyonova sartaroshga qo‘ng‘iroq qilib, soat 12:00 da manikyur qilgani chaqirdi va radio orqali Vyacheslav Mixaylovichning chiqishini tinglab o‘tirdi”, — deya eslaydi Molotov oilasidagi xizmatkorlardan biri.

    Uning rafiqasi Polina Jemchujina o‘zini birinchi xonim deb hisoblardi: hashamatli kiyinar, hech bir bazm-u jamshidlar, teatrlarni qoldirmas, xorijda sayohat qilar, u yerda zamonaviy kiyim-kechaklar hamda turli buyumlarni olib kelardi.

    AQSHda esa badavlat akasi, Falastinda opasi yashardi. Bir safar ayol Amerikadan chiroyli o‘yinchoqlar va archa uchun ishlatiladigan bezaklarni olib keladi: Lenindan keyin Yangi yil archasini o‘rnatish bo‘yicha an’ana yo‘qolib ketgandi va aynan Vyacheslav Molotov buni qayta tikladi.  

    Turli vaqtlar davomida ayol tekstil ishlab chiqarish, parfyumeriya va baliqchilik xo‘jaliklariga rahbarlik qildi. “Qizil Moskva” atirlari dizayni aynan unga tegishli deya hisoblanadi. Oliy sovet elitasi vakillari ba’zida Molotovning rafiqasi hammani qanday yashash va nimalar qilish kerakligiga o‘rgatayotganidan shikoyat qilardi: Polina xizmatkoriga uyni qanday qilib tozalash va tayyorlashni tushuntirar, Xalq komissariati ayollariga esa nima kiyish va bolalarga qanday ta’lim berishni o‘rgatar edi. Aytishlaricha, u barcha yo‘nalishlarda eng a’losiga harakat qilgan: uy saranjom-sarishta, kiyimlar — Moskvadagi eng yaxshilari.

    U Iosif Stalinning rafiqasi Nadejda Alliluyeva bilan yaqin dugona edi — ayollar partiya organlarida birga ishlagan, avval boshida kommunal kvartiralarning birida birga yashashgan ham. Yo‘llar ayro tushganidan keyin ham ular uzoq vaqt qo‘shni bo‘lib qoldi. O‘z joniga qasd qilishidan oldingi oxirgi kechada Alliluyeva Molotovning xotiniga oilaviy muammolar haqida gapiradi. Aynan Jemchujina Alliluevaning jasadini ko‘rib, Stalinlar yordamchisini birinchi bo‘lib chaqirgandi. Gap-so‘zlarga ko‘ra, shuning o‘zi ham “xalqlar otasi”ga Molotovning rafiqasini ko‘zdan nariga yo‘qotish uchun kifoya qilgan. Biroq bu sal keyinroq yuz beradi.

    Polina Jemchujina, 1940-yillar
    Foto: East News

    Do‘stlikdan xoinlikkacha bir qadam

    Molotov Stalindan ko‘ra xalqqa yaqinroq shaxs edi. “Pravda” gazetasida uning portretlari va nutqlari sovet yetakchisinikidan ko‘proq bosilardi. Molotovning haqiqiy ismi — Vyacheslav Skryabin. U 1890-yilda Vyatsk guberniyasida ko‘p farzandli meshchanlar oilasida dunyoga kelgan. Avvalida Qozon bilim yurtida ta’lim olgan, keyin esa Sankt-Peterburg politexnika bilim yurtiga kirgan va u yerda to‘rtinchi bosqichgacha o‘qiydi — keyin esa siyosiy modda bilan hibsga olinadi.

    Gap shundaki, 16 yoshida u bolsheviklarga qo‘shiladi: “Pravda” gazetasi tahririyatida u bo‘lajak sovet yetakchisi Iosif Stalin bilan tanishib qoladi. Ushbu uchrashuv uning hayotini belgilab berdi. Keyingi 40 yil davomida ular yaqin do‘st va siyosiy ittifoqchiga aylandi — 1952-yilga qadar. O‘limidan bir yil oldin Stalin ko‘pchilik uchun kutilmagan holda shuncha yillik yelkadoshi tomonga qattiq tanqid so‘zlarini bildiradi.

    SSSR tashqi ishlar vaziri Vyacheslav Molotov SSSR va Germaniya o‘rtasidagi do‘stlik bitimini imzolamoqda, 1939-yil
    Foto: “TASS”

    Ikki og‘ayni bir-biriga maftun bo‘lib qolgandek edi. Stalindan ilhomlangan Vyacheslav partiyada o‘ziga ham taxallus oladi: natijada Molotovda to‘xtaydi. 1917-yilgi inqilobdan keyin uning karyerasida ulkan parvozlar boshlanadi. Bir necha yil ichida u mamlakat taqdirini hal qiladigan tor doiradagi insonlar qatoriga kiradi.

    Stalin Molotovga cheksiz ishonadigandek tuyulardi. 1930-yillarda Molotov Xalq komissarlari kengashi raisiga aylandi, ya’ni tom ma’noda bosh vazir — mamlakatdagi ikkinchi odam bo‘ldi. Sanoatlashtirish, kollektivizatsiya, “quloqchilik”, repressiya, minglab insonlar umriga zomin bo‘lgan “otuvga hukm qilinganlar ro‘yxati” — u bularning barchasiga aloqador.

    1939-yilda u tashqi ishlar xalq komissariati Maksim Litvinov o‘rnini egallaydi. Mazkur tayinlov Molotov uchun kutilmagan bo‘ldi: siyosatchi diplomatik ish uchun tayyor emas, buning ustiga xorij tillarini bilmas edi. Shunday bo‘lsada u chet tilini o‘rganishga kirishadi va oxir-oqibat nemischa, fransuz va inglizcha tushunadigan hamda o‘qiy oladigan darajaga yetadi.

    1949-yilga kelib Molotovning ta’sir doirasi kuchsizlangan bo‘lsa-da, xalq uni Stalindan keyingi rahbar sifatida hisoblardi. Siyosatchining hukmronligi odamlar ko‘z o‘ngida parchalana boshladi: u sovet diplomatiyasi rahbari lavozimidan olindi, rafiqasi Polina Jemchujina “yahudiy millatchiligi” moddasi bo‘yicha qamaladi. Butun umri davomida uni yaxshi ko‘rgan erkak rafiqasining yonini olishga jazm eta olmaydi. Chunki u davrida Molotovning o‘zi va oilasi ham “xalq dushmani”ga aylanishi mumkin edi.

    Molotovning yon atrofdagilar u Stalindan baribir nimadir so‘rashga jur’at topgani, shundan keyingina Polina hibsga olingani haqida gapirardi. Sovetlar yetakchisi gap nima haqida ketayotganini ham tushunmayotganini aytib, o‘zining qarindoshlari ham hibsga olinayotganini bildiradi. Molotov va Jemchujina tezda ajrashadi, shundan so‘ng ayol Vatanga xiyonat va sionistlar bilan aloqada ayblanadi va Qozog‘iston cho‘llariga 5 yilga surgun qilinadi.

    Ittifoqchi kuchlar Yalta konferensiyasida, 1945-yil 4-fevral
    Foto: “RIA Novosti”

    Qanchadir muddat o‘tgach, Stalin o‘z do‘stidan ham shubhalana boshlaydi. Muqarrar o‘limdan uni 1953-yilning mart oyida Stalinning vafoti qutqarib qoladi. Polina Semyonova shundan keyingina Moskvaga qaytariladi. Molotovning mamlakat rahbariyatidagi obro‘si sekin-asta tiklana boshlanadi, biroq bu uzoq davom etmadi. Siyosatchi yangi rahbari Nikita Xrushchyovning Stalinga qarshi yo‘nalishiga bardosh bera olmadi. U yangi yetakchiga qarshi chiqish qiladi va mag‘lubiyatga uchraydi. Natijada u Moskvadan uzoqroqqa — Mo‘g‘ulistonga elchi qilib jo‘natiladi, keyin esa partiyadan umuman chiqarib yuboriladi va 1963-yilda nafaqaga kuzatiladi.

    Molotov hayotligidayoq “sig‘iniladigan” shaxsga aylandi va uning barbod bo‘lishini kuzatdi. 1957-yilga qadar SSSRdagi 38 ta aholi punkti uning nomi bilan atalar edi. Perm ham 1940-yildan 1957-yilga qadar Molotov deya nomlangan, Sverdlovsk esa Molotovsk edi. Xaritada, shuningdek, Molotov cho‘qqisi, Molotov burni kabi joy nomlari ham bo‘lib, kema va kreyserlarga ham uning nomi berilgandi.

    G‘azabga uchragan ayol

    Avvaliga Molotov Kremlga qarashli kvartiralarda yashaydi, keyin esa Granovskiy ko‘chasidagi uyga ko‘chib o‘tadi — oilasi bilan butun boshli qavatni egallardi. SSSR Sog‘liqni saqlash vaziri To‘rtinchi bosh boshqarmasi huzuridagi davolash oshxonasi ham shu yerda joylashgandi. Unga biriktirilgan har bir insonga tushlik va kechki ovqat uchun talon berilardi. Vyacheslav Mixaylovich hokimiyatdan chetlashtirilganidan keyin ham Molotovlar oilasi shu kabi talonlarni olib kelgan. Oilaning xizmatkori haftada bir marotaba u yerga borib, tushlik va kechki ovqat uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni olib ketardi.

    Molotov rafiqasi Polina bilan Moskvada o‘tkazilgan Tashqi ishlar vazirlar konferensiyasida
    Foto: Getty Images

    Urush yillari davomida nomenklatura vakillari oddiy aholi kabi ovqatlanmasdi, ular ko‘ngli tusagan taomni buyurtma qilishga qodir edilar. 1941-yil 1-oktyabr kuni birinchi Moskva konferensiyasi yakunlanganida ittifoq derjavalari vakillari Moskvada bazm uyushtiradi. Katta Kreml saroyining Yekaterina zalida tashkil etilgan banketda 100 kishi — asosan xorij diplomatlari qatnashadi.

    “Dasturxon yozilgan stollar qora va qizil ikralar, rasstegaylar (somsa) va qiyma solingan sudaklardan sinib tushay derdi. Aroq, konyak va boshqa turdagi likyorlar daryo bo‘lib oqdi”, — deb yozadi ular o‘z memuarlarida.

    Molotov ko‘plab imtiyozlardan mahrum etiladi. Shunda 1918-yildan buyon partiya a’zosi bo‘lib kelgan, repressiya qurboni bo‘lgan rafiqasi unga qator imtiyozlar qaytarilishiga erishadi. U 1-sonli poliklinikaga biriktiriladi, ammo bu safar Polina Jemchujinaning turmush o‘rtog‘i sifatida.

    Granovskiy ko‘chasidagi kvartira va Jukovkadagi dachasi o‘ziga qoldiriladi. Sovet vaqtida xususiy mulk mavjud emasdi, shu sababdan uylar rasman tashkilotlarga tegishli aniq bir shaxsga emas, tashkilotlarga tegishli hisoblanardi. Dachalar tez-tez o‘z egalarini almashtirib turardi. Shu tarzda Molotov repressiyaga uchragan “NKVD”ning sobiq rahbari Genriy Yagodaning uyiga ko‘chib o‘tadi.

    Yuqori martabali sobiq amaldorga nafaqa davrida qo‘riqchilar berilmasdi, u Moskva bo‘ylab bemalol harakatlana olardi, to‘g‘ri davlat mashinasida emas, balki jamoat transportida. Molotov kutubxonada professor va akademiklar zaliga tashrif buyurish huquqini saqlab qoladi. Shuningdek, u tez-tez konsertlar, ko‘rgazma va teatlarga tushib turardi.

    Molotovning dafn marosimi, 1986-yil 12-noyabr
    Foto: “RIA Novosti”

    Molotovning rafiqasi umrining so‘nggi yillarini Markaziy klinik shifoxonasida o‘tkazadi. Molotov har kuni dachasidan elektrichkada rafiqasining oldiga kelar va kun bo‘yi uning yonida o‘tirardi. Ayolining saratondan o‘limi uning uchun haqiqiy falokatga aylandi. Vyacheslav Mixaylovich rafiqasidan keyin yana 16 yil umr kechirdi va 1986-yilning noyabrida vafot etdi.

    27.01.2024, 21:08   Izoh (0)   18852
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Molotov#Stalin

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qimordagi qarzlar, o‘nlab joriyalar va hashamatli hayot — “Gangster-shahzoda” deya nom chiqargan Tailand qiroli Rama X hayoti

    13.01.2024, 18:50

    “100 dollarlik kupyuradagi amaki”. Prezident bo‘lmasa-da, AQSH tarixidagi eng mashhur uch hujjatga imzo chekkan Benjamin Franklin taqdiri

    17.01.2024, 17:08

    Hashamatli hayot, “meros qolgan” million dollar va korrupsion sxemalar. Turkiya tarixidagi yagona ayol bosh vazir Tansu Chiller taqdiri

    20.01.2024, 20:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.