Timur Ismoilov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari xabar berdi.
Yangi tayinlov 31-yanvar kuni Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida viloyat, shahar va tumanlar sektorlari, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi tezkor yig‘ilishda e’lon qilindi.
Timur Ismoilov 1983-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining avvalgi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov 30-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.
Izoh (0)