Vazirlar Mahkamasi tegishli qaroriga asosan, Zafar To‘xtayev Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.
Zafar To‘xtayev 1981-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasining tegishli departamentlarida Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish va ijtimoiy muhofaza sho‘basi, Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sanoati sho‘basi hamda Hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish masalalari sho‘basida qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Xususan, 2022—2023 yillarda Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatining Sog‘liqni saqlash va sport sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtirish sho‘basi mudiri bo‘lgan.
Tayinlovga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Milliy referens laboratoriyasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Izoh (0)