HAMAS harakatining Isroilga hujumi AQSH faqat Xitoy va Rossiya bilan ovora bo‘lmasdan, balki Yaqin Sharqqa ham e’tibor qaratishi kerakligini ko‘rsatdi. Bu haqda Politico gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda.
Nashrning qayd etishicha, Falastin-Isroil mojarosining avj olgan dastlabki kunlaridan keyin yuzaga kelgan mavhumlik Amerika rasmiylarini Yaqin Sharq strategiyasi samaradorligini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilgan.
Nashr Donald Tramp prezidentligi davrida Yaqin Sharq masalalari bilan shug‘ullangan sobiq yuqori martabali amaldorning so‘zlaridan iqtibos keltiradi: “So‘nggi uch yil davomida AQSH prezidenti Jo Bayden Yaqin Sharqni butunlay e’tiborsiz qoldirdi. Endilikda ular buning uchun tovon to‘lamoqda”, — dedi sobiq amaldor mintaqadagi vaziyatning yomonlashishini izohlar ekan.
Ta’kidlanganidek, AQSH Yaqin Sharq mintaqasida harbiy va razvedka xarajatlarini qisqartirib, bor e’tiborini birinchi navbatda, Rossiya va Xitoyga qaratdi. 2023-yil oktyabr oyida HAMAS Isroilga hujum qilganidan keyin amerikalik tahlilchilar diqqatini Yaqin Sharqqa qaratishga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)