AQSHning Iordaniyadagi harbiy bazasiga dron hujum qildi, oqibatda uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, dron hujumida 25 nafar amerikalik askar yaralangan. AQSH prezidenti Jo Bayden hujumni “Eronga sodiq qurolli guruhlar” amalga oshirganini aytdi.
“Biz bu hujumga oid barcha faktlarni to‘playotgan bo‘lsak-da, buni Eron qo‘llab-quvvatlayotgan Suriya va Iroqda faoliyat yuritayotgan radikal qurolli guruhlar amalga oshirganini bilamiz”, — dedi Bayden.
Bu G‘azo sektorida Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri Yaqin Sharqda birinchi marta amerikalik askarlarning otishmada halok bo‘lishi hisoblanadi. 26-yanvar holatiga ko‘ra, oktyabrda Yaqin Sharqda konflikt boshlanganidan beri Iroq va Suriyada AQSH va koalitsiya kuchlariga 158 martadan ortiq hujum uyushtirilgan. Ammo shu vaqtgacha hujumlar qurbonlarsiz bo‘lib o‘tgan.
“Havo hujumidan mudofaa tizimi nega dronni tutib olmagani hozircha aniq emas”, — deya qayd etadi CNN.
Izoh (0)