Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, qurilishni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida qator yangiliklar joriy etiladi.
Qurilishni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida 1-iyuldan:
- qurilishda tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi;
- pudratchi tashkilotlar bajargan qurilish ishlari faqat soliq organiga taqdim etilgan elektron hisob-fakturadan kelib chiqib moliyalashtiriladi;
- obyektni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilib, dalolatnomalar “Shaffof qurilish” orqali tasdiqlanadi;
- 10 milliard so‘mdan ortiq loyihalar bo‘yicha subpudratchilarni faqat va faqat “Shaffof qurilish” tizimi orqali tanlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tartib xalqaro moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarga ham tatbiq etiladi;
- ishlab chiqaruvchi ham, quruvchi ham, nazorat qiluvchi ham qayerda qaysi qurilish materiali qancha pul turishini onlayn kuzatib boradigan tizim bo‘ladi.
Shuningdek, davlat rahbari yig‘ilishda qurilishlarga ajratilgan budjet mablag‘lari maqsadsiz ishlatilayotgani haqida gapirgan. Hokim va prokurorlar vaziyatga eʼtiborsizligi qattiq tanqid qilinib, ularning bu boradagi qatʼiy javobgarligi belgilangan.
Izoh (0)