Istanbuldagi katolik cherkovida qurollangan ikki kishi otishma sodir etdi, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya xabar berdi.
Hodisa 28-yanvar mahalliy vaqt bilan soat 11:40 atrofida Sariyer tumanidagi Santa-Mariya cherkovida o‘tkazilgan marosim vaqtida sodir bo‘lgan. Ayni damda bir kishining o‘lgani ma’lum. Ali Yerlikayaning so‘zlariga ko‘ra, ikki nafar niqobli, qurollangan shaxs erkakni otib o‘ldirgan.
“Ushbu fakt bo‘yicha keng ko‘lamli surishtiruv ishlari boshlandi, politsiya jinoyatchilarni ushlash choralarini ko‘rmoqda. Biz bu jirkanch hujumni keskin qoralaymiz”, — deydi u.
Izoh (0)