AQSHning Nyu-Jersi shtati Nyuark shahridagi masjid oldida imom otib ketildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
![](/static/2024/01/03/photo_2024-01-03_21-34-30-91DhZBuo.jpg)
Ismi oshkor qilinmagan imom og‘ir ahvolda mahalliy kasalxonasiga olib ketilgan. Otishma mahalliy vaqt bilan ertalab soat 06:00 dan keyin Muhammad masjidi yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.
Amerika-Islom munosabatlari kengashining Nyu-Jersidagi bo‘limi otishma haqida maʼlumotga ega bo‘lganlarni politsiyaga murojaat qilishga chaqirgan.
“Biz ushbu voqeadan chuqur xavotirdamiz va imomning tezroq tuzalib ketishini so‘raymiz”, — deydi kengashning matbuot kotibi Dina Saidahmad.
Izoh (0)