AQSH poytaxti huquq-tartibot idoralari xodimlari Oq uydan bir necha ko‘cha narida sodir bo‘lgan otishmani tergov qilmoqda. Otishma oqibatida bir kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa ertalab Oq uydan bir necha ko‘cha narida K street hududida sodir bo‘lgan – politsiya favqulodda hodisa joyiga mahalliy vaqt bilan ertalab soat 5 larda yetib kelgan.
“U yerda hushidan ketgan, nafas olmayotgan, katta yoshli erkak bo‘lib, unda qotillik alomatlari bor edi”, — deyiladi politsiya bayonotida.
Keyinroq u erkak kasalxonada vafot etgani xabar qilindi. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)