AQSHning Ayova shtati Perri shahridagi o‘rta maktabda otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda Amerika OAVlari xabar bermoqda.
Otishma oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgani, yana bir necha kishi yaralangani aytilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari vakillari otishmani maktab o‘quvchilaridan biri sodir etgani va u keyinchalik o‘zini otib o‘ldirganini ma’lum qilishdi.
“Perri shahridagi otishma sodir bo‘lgan o‘rta maktabda ko‘plab huquq-tartibot idoralari xodimlari va tibbiyot xodimlari ishlamoqda”, — deyiladi Dallas okrugining Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan xabarda.
Voqea tufayli 5-yanvar, juma kuni Perri shahridagi uchta maktabda darslar bekor qilindi. AQSH prezidenti Jo Bayden Perridagi vaziyatni shaxsan kuzatib boradi, deya ma’lum qildi Oq uy matbuot kotibi.
Izoh (0)