Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning aytishicha, AQSh janubiy chegarasidagi patrul xizmatiga noqonuniy migratsiyaga yordam berish vazifasi yuklatilgan.
“Devor qurish — bu chalg‘ituvchi manyovr. Bu vaziyatni tuzatish uchun devor kerak emas. Chegara xizmatiga AQShga keng miqyosdagi noqonuniy kirishni osonlashtirish vazifasi yuklangan. Asosiy muammo shundaki, har kim hech qanday dalilsiz boshpana talab qilishi mumkin. Bu butun Yer yuzidagi odamlar Amerikaga kelishi mumkinligini anglatadi”, — deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqda.
Bayden ma’muriyati chegara xavfsizligi choralari bo‘yicha Texas hukumati bilan ziddiyatga kirishmoqda. Texas rasmiylari chegara yetarlicha qo‘riqlanmayotgani, oqibatda rekord miqdordagi noqonuniy migrantlarning Qo‘shma Shtatlarga kirishiga imkon yaratilayotganini taʼkidlamoqda.
Bayden administratsiyasi, o‘z navbatida, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ko‘rilayotgan choralarni konstitutsiyaga zid va ortiqcha deb atamoqda.
Izoh (0)