• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Geosiyosiy tahlil: Eron va Turkiya munosabati, urushga hozirlanayotgan AQSH

    G‘azodagi mojaro tinchimasdan turib, AQSH Yaman xussiylari bilan uzoq muddatli urush rejasini ishlab chiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bundan tashqari, 24-yanvar kuni Eron Islom respublikasi prezidenti Ibrohim Raisi Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi.

    “Daryo” Yaqin Sharq mintaqasida yuz berayotgan so‘nggi geosiyosiy jarayonlarni siyosatshunos Ravshan G‘oziyev bilan tahlil qiladi.

    – Joriy yilning 24-yanvar kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisi Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv 4-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq 3-yanvar kuni Eronning Kermon viloyatida sodir bo‘lgan terakt oqibatida qoldirilgan edi. Raisi nima maqsadda Turkiyaga tashrif buyurdi?

    – Aslida, Eron prezidenti 2023-yilning dekabr oyida Turkiyaga borishi kerak edi. Ushbu tashrif 3 marotaba qoldirildi. Nima uchun tashrif ortga surib kelindi? Chunki har ikki davlat, yaʼni Turkiya va Eron Yaqin Sharq mintaqasidagi ayrim masalalarda turli qarashlarga ega. Mana shu qarashlarni aniqlashtirib olish uchun Eron rahbarining Turkiyaga tashrifi kechiktirildi.

    Yaqin Sharq mintaqasida eng yirik davlatlardan biri – Turkiya va Eron. Ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy munosabatlar Yaqin Sharqdagi vaziyatga bevosita taʼsir o‘tkazadi. Ibrohim Raisining Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on  uchrashishining asosiy 2 ta sababi mavjud. Birinchisi – iqtisodiy, ikkinchisi – siyosiy.

    Ibrohim Raisi va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on
    Foto: edition.cnn.com

    Iqtisodiy jihatdan Eron Turkiya bilan savdo munosabatlarni rivojlantirishni istamoqda. 2012-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 22 milliard dollar bo‘lgan. Lekin bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 6 milliard dollarga tushib qolgan. Bunga asosiy omil – Eronga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar. Kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Eron Turkiya bilan o‘zaro savdo aylanmasini 30 milliard dollarga oshirishga kelishib oldi va bu borada 10 ga yaqin shartnomalar imzolandi. Xususan, Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on o‘zaro uchrashuvda “Turkiyaning Sharqqa chiqish eshigi – Eron bo‘lsa, Eronning G‘arbga chiqish eshigi bizmiz” dedi.

    Iqtisodiy munosabatlarda ikki davlatning pozitsiyasi bir xil bo‘lsa, lekin siyosiy masalalarda Turkiya va Eronning qarashlar turlicha. Uchrashuvda Erdo‘g‘on ham, Ibrohim Raisi ham “biz terrorizmga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak” deb aytdi. Erdo‘g‘on  terrorchi deganda, asosan, Kurd ishchi partiyasi (PKK)ni nazarda tutdi. Bu partiyaning Suriyada faoliyat yurituvchi PYD va YPG qanotlari mavjud. Shuningdek, Eronda ham Kurd ishchi partiyasining PJAK qanoti faoliyat olib boradi. Nima uchun Erdo‘g‘on bularga qarshi kurashni taklif qilmoqda? Chunki so‘ngi vaqtlarda Iroq shimolida PKK partiyasining pozitsiyasi kuchayib bormoqda. Albatta, bu kelajakda Turkiyaga maʼlum xavflarni yuzaga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, Iroqning Sulaymoniya shahrini Eron taʼsiri kuchli bo‘lgan talaboniylar qabilasi boshqaradi. Turkiya Eron orqali Iroqdagi PKK faoliyatini to‘xtatishga harakat qilmoqda.

    Eron uchun esa ISHID eng katta tahdid hisoblanadi. Eronning Kermon viloyatida amalga oshirilgan portlashlarni aynan ISHID o‘z bo‘yniga oldi. Erdo‘g‘on bilan uchrashuvda Ibrohim Raisi shunday dedi:

    “ISHIDni mintaqa tashqarisidan dastaklanuvchi terrorchi tashkilot va ISHID bo‘linishimizni kuchaytirmoqda. Shu boisdan Turkiya bilan hamkorlik mintaqada terrorchilik harakatlarini kuchayishining oldini oladi”.
    Eron va Turkiya rahbarlari o'rtasida imzolangan hujjatlar marosimi
    Foto: internethaber.com

    Bu yerda Eron prezidenti G‘arbni nazarda tutib gapirdi. Terrorizmga qarshi kurashda Turkiya va Eron pozitsiyalari o‘xshash. Sababi, Suriyadagi PKK harakatining taʼsirini cheklashdan Eron ham, Turkiya ham manfaatdor. Lekin Suriya masalasida ikki davlat siyosiy jihatdan kelisha olmaydi. Masalan, Turkiya prezident Bashar Asadga qarshi bo‘lgan “Ozod Suriya” tarafdorlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Eron esa o‘zining shia guruhlari orqali Asadni dastaklaydi.

    Turkiya va Eron kelisha olmaydigan yana bir siyosiy masala – bu Zangazur yo‘lagi. Eron ushbu logistika koridor ishga tushishiga qarshilik qilmoqda. Chunki bu yo‘lak ishga tushsa, Erondan o‘tuvchi tranzit yo‘llarining mavqe tushib ketishi mumkin. Hozir Turkiya Eronni ko‘ndirishga urinmoqda.

    Ikki davlat rahbari Yaqin Sharqdagi voqealarni ham muhokama qildi. G‘azo masalasida Turkiya va Eronning o‘xshash va bir-biriga qarama-qarshi pozitsiyalari mavjud. Masalan, Eron Turkiya va boshqa musulmon davlatlarni Isroil bilan aloqalarni to‘xtatishga chaqirmoqda. Eron birinchi galda buni Turkiyadan so‘ramoqda. Chunki Turkiyaning Isroil bilan savdo munosabatlari tobora o‘sib bormoqda. Mana shundan kelib chiqib, Eron Turkiyaga Isroil bilan savdo aloqalarni to‘xtatishni so‘ramoqda. Buni Eron prezidenti Ibrohim Raisi Erdo‘g‘on bilan uchrashuvda bevosita aytib o‘tdi.

    Zangazur yo‘lagi
    Foto: “arnfoto.ru”

    – Al-Jazeera ning yozishicha, har ikki davlat rahbari “Yaqin Sharqda yuz berayotgan mojarolarga qoshlimasligi kerak”, degan qarorga kelishgan. Erdo‘g‘on va Raisi G‘azo mojarosi bo‘yicha nimalarni kelishib olgan bo‘lishi mumkin?

    – To‘g‘ri masalani ko‘tardingiz. Yaqin Sharqdagi mojaro ko‘lami kengayib ketishi Turkiya uchun ham, Eron uchun ham zararli. Shu boisdan ikki davlat G‘azodagi urush masshtabi kattalashishidan manfaatdor emas. Bir narsani aytishimiz kerak, Eron ham, Turkiya ham G‘azo masalasini harbiy yo‘l bilan hal etishni istamaydi.

    – Kun sayin Qizil dengizda vaziyat jiddiy tus olmoqda. Xussiylar “Al-Aqso uchburchagi” deb nomlangan rejani amalga oshirishi Turkiya va Eron manfaatlariga qanchalik to‘g‘ri keladi?

    “Al-Aqso uchburchagi”
    Foto: “podolyaka.ru”

    – Qizil dengizda xussiylar bilan ro‘y berayotgan voqealar mintaqadagi mojaro kuchayib borayotganini ko‘rsatadi. AQSH va Buyuk Britaniyaning Yaman xussiylariga avia zarba bergani mintaqa tobora inqiroz ko‘chasiga kirib borayotganini anglatadi. Bilamizki, xussiyalar mazhab jihatdan Eronga yaqin va aynan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Xussiylar Yamanning Sana deb nomlangan shahrini egallab olgan. Ular juda kuchli jangari guruhlarga ega. 2015-yilda AQSH yordami bilan Saudiya Arabistoni, BAA va Quvayt birgalikda xussiyalarga qarshi harbiy harakat boshlagan edi. Biroq bu koalitsiya mag‘lub bo‘lgan.

    Hozir xussiylar Qizil dengizga kirish qismidagi bo‘g‘ozni nazorat qilmoqda va Isroil hamda G‘arb kemalariga zarbalar bermoqda. Xo‘sh, xussiyalar nima uchun shunday qilmoqda? Xussiylar G‘azodagi vaziyatdan foydalanib, Islom olamida o‘zlariga pozitiv imij yaratmoqchi. Bo‘g‘ozni to‘sib qo‘yilishi Eronga ham, Turkiyaga ham, Saudiyaga ham zarar. Chunki Eron va Turkiya kemalari shu yo‘ldan o‘tadi. Isroil bu siz ham yashashi mumkin. Lekin boshqa davlatlar katta zarar ko‘radi. Shuning uchun ham Jubutida ko‘plab mamlakatlarning harbiy bazasi bor.

    Ravshan G‘oziyev siyosatshunos
    Foto: “Daryo”

    – Maʼlumotlarga ko‘ra, Prezident J.Bayden AQShning Yaman xussiylari bilan uzoq muddatli urush rejasini ishlab chiqishni boshlagan. AQSH Yaman xussiyalariga qarshi katta harbiy operatsiya boshlashi mumkinmi?

    – Albatta mumkin. Balki bu Jo Baydenning saylov oldi kompaniyasi bilan bog‘liqdir. Lekin birinchi galda bu harbiy operatsiya AQSHning Yevropa va Yaqin Sharqdagi hamkorlariga ko‘proq kerak. Biroq bu harakat Yaqin Sharqda yana bir gumanitar inqirozni yuzaga keltiradi. 2015-yildagi harbiy operatsiyadan so‘ng Yaman dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biriga aylanib qolgan edi.

    Suhbat davomida
    Foto: “Daryo”

    – Agar AQSH Yamanda harbiy operatsiya boshlasa, Turkiya va Eron nima qilishi mumkin?

    – Eron va Turkiya bu harbiy operatsiyani to‘xtatishga harakat qilishi mumkin. Lekin ikki davlat AQSHni to‘xtata olishiga mening ko‘zim yetmaydi. Turkiya ham, Eron ham bu yerda urush bo‘lishidan manfaatdor emas. Chunki Yamanda Eronning taʼsiri kuchli. AQSHning harbiy operatsiyasi Eronning taʼsirini zaiflashtirishi mumkin.

    Suhbatni jurnalist Sardor Ali olib bordi

    27.01.2024, 19:45   Izoh (0)   18567
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Eron#Turkiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalqaro sud G‘azoda genotsidning oldini olish uchun Isroilga chora ko‘rishni buyurdi (video)

    26.01.2024, 18:33

    AQSH Davlat departamenti Turkiyaga F-16 qiruvchilarini sotishni ma’qulladi

    27.01.2024, 09:57

    Yaman xusiylari Aden ko‘rfazida Britaniyaning neft tankeriga hujum uyushtirdi

    27.01.2024, 14:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Vinisiusni 2026-yilning yozida sotib yuboradi

    Sport | 26 iyul, 10:00

    Tojikistondagi qotillik ishi bo‘yicha to‘rt nafar shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 26 iyul, 09:55

    “Bavariya” “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi uchun kurashga kirdi

    Sport | 26 iyul, 09:17

    “Obama Rossiya razvedka ma’lumotlari borasida jinoyat sodir etgan” — Tramp

    Dunyo | 26 iyul, 09:16

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.