Turkiya shimolidagi Kastamonu—Toshkepr yo‘lida avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 33 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Turkiye gazetasi hamda IHA axborot agentligi.
Baxtsiz hodisa Alatarla qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan, deya aniqlik kiritmoqda IHA. Turkiye ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus haydovchisi qor tufayli boshqaruvni yo‘qotgan.
Agentlikning yozishicha, YTHga uchragan yo‘lovchi avtobusi Istanbul—Sinop yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan edi: muzlama tufayli u dalaga chiqib ketgan va yonboshiga qulagan.
Jabrlanganlarning barchasi kasalxonaga yotqizildi, deyiladi OAV xabarida. Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir.
NTV xabariga ko‘ra, avtobus Turkay Turizm kompaniyasiga tegishli.
16-yanvar kuni Turkiya janubi-sharqidagi Mersin shahrida avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi. Antaliyadan ketayotgan yo‘lovchi avtobusi tunnel og‘zidagi to‘siqlarga urilib, ag‘darilib ketgan. Oqibatda to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, yana 30 nafari jarohatlangan, jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)